Линклар

 
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlarida ikkinchi bor oltin oldi
Шошилинч хабар
09 апрел 2025, Тошкент вақти: 16:22

O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlarida ikkinchi bor oltin oldi


Xitoyda o‘tayotgan qishki Osiyo o‘yinlaridan lavha (illyustrativ surat)
Xitoyda o‘tayotgan qishki Osiyo o‘yinlaridan lavha (illyustrativ surat)

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Xarbin shahrida o‘tayotgan qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati qaydicha, figurali uchish bo‘yicha terma jamoa a’zolari Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish juftligi 176,43 ball jamg‘arib, eng yaxshi natijani qayd etgan va oltin medalga sazovor bo‘lgan.

Juftlik KXDR va Yaponiya vakillarini ortda qoldirgan.

Rossiyalik sportchilar Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish 2024-yildan buyon xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston nomidan qatnashib keladi.

O‘zbekiston terma jamoasi qishki Osiyo o‘yinlarida 26 yillik tanaffusdan so‘ng ikkinchi bor oltin medalga ega chiqmoqda. Hozirga qadar O‘zbekiston hisobida yagona bo‘lgan oltin medal 1999-yili Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Tatyana Malinina tomonidan figurali uchish musobaqalarida olingandi.

7-14-fevral kunlari Xarbin shahrida o‘tayotgan IX qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston termasi 6 sport turida 24 nafar atlet bilan ishtirok etmoqda. Bu ham sport turi, ham atletlar soni bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi eng katta tarkibda qatnashayotgan qishki Osiyo o‘yinlari ekani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG