Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:14

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi ikki qishloq Turkiston viloyatiga qo‘shildi


Hukumat qarorida ta’kidlanishicha, Bag‘is va Xiyobon qishloqlarining umumiy hududi 795,62 gektarni tashkil qiladi.
Hukumat qarorida ta’kidlanishicha, Bag‘is va Xiyobon qishloqlarining umumiy hududi 795,62 gektarni tashkil qiladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Bag‘is va Xiyobon qishloqlari Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Maminning buyrug‘i asosida Turkiston viloyati tarkibiga qo‘shildi.

Bu boradagi ma’lumot Bosh vazirning rasmiy saytida 25 - may kuni e’lon qilindi.

Hukumat qarorida ta’kidlanishicha, Bag‘is va Xiyobon qishloqlarining umumiy hududi 795,62 gektarni tashkil qiladi. Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kunidan boshlab kuchga kiradi.

Qishloqlarning Turkistonga qo‘shilishi munosabati bilan, qarorga asosan, viloyat chegaralari ham o‘zgartiraladi.

Ozodlik radiosi qozoq xizmatining bildirishicha, Bag‘is qishlog‘i 2003 - yilda ikki davlat o‘rtasidagi shartnomaga asosan ratifikatsiya qilingan, biroq shu kungacha Qozog‘iston xaritasiga kiritilmagan.

Xaritaga kiritilmagani uchun yillar davomida qaysi davlatga taalluqli ekanliklarini anglay olmay kelayotgan qishloq aholisi Qozog‘istonga qo‘shilganlari to‘g‘risida Ozodlik radiosi qozoq xizmati muxbiri ularga telefon qilganidan so‘ng xabar topgan.

Bu ikki qishloq hukumat rahbari qarori bilan Turkiston viloyatining Sariag‘ish tumani tarkibiga kiritilgan.

Sariag‘ish tuman yer munosabatlari boshqarmasi boshlig‘i Nurjan Qo‘qo‘yevning aytishicha, hukumat qarori asosida Turkiston viloyati hokimligi maxsus qaror qabul qilishi shart bo‘ladi.

Ayni paytda Bag‘is qishlog‘idagi 67 xo‘jalik, Xiyobon qishlog‘idagi 23 xo‘jalik o‘z hovli-joylarini Qozog‘iston hududi sifatida e’tirof etilishi uchun mahalliy hokimiyatga ariza topshirgan.

Bag‘is va Xiyobon qishloqlari qaysi mamlakatga taalluqli ekanliklari to‘g‘risidagi munozaralar 2001 - yilda boshlangan.

Oradan ko‘p o‘tmay, bahsli qishloq aholisi “Mustaqil respublika tashkil qilishlari” to‘g‘risida bayonot berganlar. Ammo 2003 - yilga kelib, O‘zbekiston va Qozog‘iston mazkur qishloqlar yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishgan. Mazkur kelishuv asosida qishloqlar Qozog‘iston hududi sifatida tan olingan.

Mahalliy hokimiyat bu qishloqlar to‘g‘risidagi kelishuv ratifikatsiya qilinmagani oqibatida shu kungacha munozarali bo‘lib kelganini bildirmoqda. Biroq Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Ozodlik radiosi qozoq xizmatiga bu yerlar 2001 - yildayoq ratifikatsiya qilinganini ma’lum qilgan.

Rasman bildirilishicha, Bag‘is qishlog‘i Shimkentdan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qishloqda 1200 kishi istiqomat qiladi.

Bu qishloq aholisi 2000 - yillarda qaysi mamlakat fuqarolari ekanini bilmaganlari ortidan “Mustaqil respublika tashkil qilish” tashabbusini ko‘tarib chiqib, O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatini muzokaralar o‘tkazishga majbur qilgani bilan tanilgan.

XS
SM
MD
LG