Линклар

 
O‘zbekiston uchoqlari Moskvadan boshqa shaharlarga yo‘naltirildi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:07

O‘zbekiston uchoqlari Moskvadan boshqa shaharlarga yo‘naltirildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning 11-martiga o‘tar kechasi Rossiya poytaxti Moskva hududiga dronlar hujumi uyushtirilgani munosabati bilan bir qator samolyotlar boshqa aerodromlarga qo‘ndiriggan.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Moskvaning bir qator aeroportlarida joriy etilgan cheklovlar ortidan HY9607, Buxoro–Moskva (Vnukovo) reysi Samaraga, HY611, Toshkent–Moskva (Vnukovo) hamda HY9615, Urganch–Moskva (Vnukovo) reyslari Sankt-Peterburgga, HY603, Toshkent–Moskva (Domodedovo) reysi esa Urganchga yo‘naltiriltirilgan.

“Cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng barcha aviaqatnovlar dastlabki yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishda davom etadi. Shu bilan birga, aviakompaniyaning keyingi aviaqatnovlari jadvaliga o‘zgarishlar kiritilishi kutilmoqda”, deyilgan Uzbekistan Airways xabarnomasida.

Rossiya rasmiy idoralari Moskva hududiga Ukraina tomonidan dronlar hujumi uyushtirilgani sabab poytaxt aeroportlarida “Kovyor” rejasi joriy etilganini bildirgan.

Moskva meri Sergey Sobyanin qaydicha, Rossiya poytaxti tomon uchgan 74 ta uchuvchisiz uchish apparati, turli yo‘nalishlarda yuzlab jangovar dron urib tushirilgan.

Rossiya qo‘shinlari ham Ukrainaning turli hududlaridagi energetika va gaz infratuzilmasiga raketa hamda dronlar bilan keng ko‘lamli zarba berib kelmoqda.

Ozodlik avval xabar qilganidek, Uzbekistan Airways aviashirkati 20 yanvardan boshlab Yevropa mamlakatlariga parvozlarni Rossiya va Belarus hududini aylanib o‘tgan holda, Ozarbayjon va Turkiya orqali amalga oshirmoqda. Bu qaror Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligining (EASA) Rossiyaning Yevropa hududi ustidagi parvozlarning xavfsiz emasligi to‘g‘risidagi hisoboti asosida qabul qilingan.

XS
SM
MD
LG