Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 03:04

O‘zbekiston uy-joy bozorida susayish kuzatilmoqda


Arxiv surati
Arxiv surati

Joriy yilning uchinchi choragida O‘zbekiston uy-joy bozorida susayish kuzatildi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari olib borgan tahlillar shundan dalolat beradi.

Iyul–sentyabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar oldi-sotdisi uchun 41861 ta shartnoma rasmiylashtirilgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 3362 taga (7,4 foizga) kam ko‘rsatkichdir.

Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari va aholi tasarrufidagi daromadlar uy-joy bozoriga ta’sir etuvchi muhim omillar ekanini yana bir karra tasdiqlagan.

2021-yilning yanvar oyidan 2024-yilning sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda uy-joy oldi-sotdisi va aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,81), shuningdek, uy-joy oldi-sotdisi va aholining tasarrufdagi daromadlari o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,48) sezilarli bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan.

Avvalroq Markaziy bank e’lon qilgan hisobotda ham joriy yilning 9 oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari kamaygani qayd etilgandi.

To‘qqiz oy davomida jami 11,73 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan bo‘lib, kredit hajmi 2023- yilning shu davriga nisbatan 4,1 foizga, oluvchilar soni esa qariyb 20 foizga kamaygan.

XS
SM
MD
LG