Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:56

O‘zbekiston va Qozog‘iston navbatdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi


Harbiy mashqlarda ishtirok etayotgan qozog‘istonlik harbiylar (arxiv surati)
Harbiy mashqlarda ishtirok etayotgan qozog‘istonlik harbiylar (arxiv surati)

Markaziy harbiy okrugda joylashgan “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Xanjar-2024” deb nomlangan o‘n kunlik maxsus-taktik o‘quv davomida ikki davlat harbiy xizmatchilari turli jangovar qurollardan otish, shartli aholi yashash hududida jang olib borish va harakatlarni tahlil qilish jarayonlarini amalga oshiradi.

So‘nggi yillarda ikki davlat qurolli kuchlari hamkorlikda bir necha bor o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilgan. Masalan, o‘tgan yilning may oyida Toshkent harbiy okrugining “Angren” dala o‘quv maydonida, 2023-yil avgust oyida esa Qozog‘istonning “Oymasha” poligonida maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazilgan.

Ozodlik joriy yil iyul oyida Mang‘istau viloyatida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylari ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilgani haqida xabar qilgandi. Bu mashqlar mintaqa davlatlarining umumiy xavfsizlik muammolarini Rossiya, Xitoy, Eron kabi kuchlar yordamisiz hal qilishga intilishi o‘laroq baholangan.

XS
SM
MD
LG