Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:39

O‘zbekiston va Qozog‘iston Rossiya oltinlarini Shveysariyaga o‘ziniki qilib sotyaptimi?


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent va Ostona Shveysariyaga o‘zi ishlab chiqarganidan ko‘proq oltin sotdi. Ekspertlar Markaziy Osiyoning bu ikki mamlakati sanksiyalarni chetlab o‘tgan holda Rossiya oltinini sotib berganini taxmin qilishmoqda, deb yozmoqda G‘arb matbuoti.

Qozog‘iston va O‘zbekiston qanday qilib o‘zlari qazib olganidan ko‘p oltin sotdi?

Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainaga to‘laqonli bosqini boshlanganidan so‘ng Shveysariyaga oltin eksportini oshirdi. Swissinfo portalining yozishicha, yetkazib berilgan oltinning bir qismi “xalqaro sanksiyalarni buzgan holda Rossiyadan yashirincha keltirilgan bo‘lishi mumkin”.

Yuqori sifatli Rossiya oltinining asosiy xaridorlari Buyuk Britaniya va Shveysariya edi. Biroq Moskva Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan keyin Rossiya qimmatbaho metallariga sanksiya solindi. Bu Qozog‘iston bilan O‘zbekistonga oltin eksportini ko‘paytirish imkonini berdi, ammo sotuv hajmi ortishi haqli savollarni tug‘dirmoqda, deb yozadi Shveysariya nashri.

Ўзбекистон олтин сотишда дунёда яна етакчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:47 0:00

Swissinfo jurnalistlari Dominik Sogel va Polin Turban Shveysariyaga oltin qayerdan kelayotganini olti oy surishtirishgan. Savdo va bojxona ma’lumotlarini tahlil qilgach ular Ostona bilan Toshkent o‘tgan yili o‘zlari qazib olganidan ko‘p oltin sotganini aniqlashdi. 2023-yilda Britaniya Qozog‘istondan – 220 tonna, Shveysariya esa 59 tonna oltin xarid qilgan. Holbuki, Qozog‘iston o‘tgan yili 130 tonna oltin qazib olgan, xolos. O‘zbekiston esa 100 tonna oltin qazib olgani holda Shveysariyaga – 100, Buyuk Britaniyaga 40 tonna oltin sotgan.

Sotuv hajmi qanday qilib ishlab chiqarish hajmidan ortiq bo‘la oladi? Hozirda Qozog‘iston bilan O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarning markaziy banklari oltin aktivlarini sotmayapti. “Aftidan, ular oltin narxi oshib ketganidan foyda chiqarishmoqda, chunki zaxira yig‘ib qo‘yishgan edi”, deyiladi maqolada.

O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy banklari Shveysariya portali savollariga javob bermagan.

Shveysariyaga reeksport?

Dunyoda xalqaro oltin savdosini nazorat qiladigan yoki tartibga soladigan tashkilot yo‘q. London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi (London Bullion Market Association; LBMA) faqat kuzatuvchi vazifasini bajaradi. U sifat standartlarini belgilaydi, yuqori sifatli oltin yombilarni sertifikatlaydi. Tashkilot tomonidan akkreditatsiya qilingan oltinni qayta ishlash korxonalari ro‘yxatida Qozog‘iston va O‘zbekistondan ikkitadan zavod bor. Bu to‘rt korxonadan uchtasi Swissinfo so‘rovlariga javob bermagan. Qozog‘istonda eng yirik qimmatbaho metallar ishlab chiqaruvchi bo‘lmish Kazzinc esa asosiy aksiyador – Shveysariyadagi Glencore transmilliy shirkatiga murojaat etishni tavsiya qilgan. Glencore esa javob berishdan bosh tortgan.

"Телекомни Арипов назорат қилган". Гулнора Каримованинг пуллари "Такилант"га қайтариладими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:59 0:00

LBMA bosh texnik direktori Nil Harbi taxminiga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekistondan Buyuk Britaniya orqali Shveysariyaga reeksport qilingan oltin ma’lumotlar bazasiga ikki marta qayd qilingan bo‘lishi mumkin. Ammo nashr shunday bo‘lgan taqdirda ham, sotilgan metall ishlab chiqarilganidan baribir ko‘pligini urg‘ulagan. Harbi “sotuvchilar o‘tgan yillarda quyilgan yombilarni yetkazib bergan bo‘lishi ham mumkin”, deya yana bir farazni ilgari surgan.

Biroq ayrim ekspertlar Ostona va Toshkent sotgan oltinlarning bir qismi Rossiyada qazib olingan, deb hisoblashmoqda. Bazel universitetining jinoyat huquqi professori va Shveysariyaning oltin qazib olish sanoatiga bag‘ishlangan kitob muallifi Mark Pit Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiya oltinini reeksport qilayotganini taxmin qiladi.

“Aminmanki, Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng Shveysariya importni oshirganini faqat bir narsa bilan – Rossiya o‘z oltinini Markaziy Osiyoning bu ikki mamlakatiga jo‘natayotgani bilan izohlash mumkin. Bu oltinlar keyin Buyuk Britaniya va Shveysariyaga reeksport qilingan”, deydi Pit.

Ozodlik qozoq xizmatining yozishicha, Ostona sanksiyalarni chetlab o‘tishda Rossiyaga yordam bermasligini bot-bot takrorlagan. Shunga qaramay surishtiruvchilar, urush boshlanganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tgan bir necha shirkat sanksiya solingan mahsulotlarni Rossiyaga reeksport qilish bilan shug‘ullanganini aniqlashgan edi. Qozog‘istonlik iqtisodchilar esa Rossiya bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi erkin savdoga doir shartnoma tovar aylanmasi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga xalal beradi.

XS
SM
MD
LG