Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2024, Тошкент вақти: 15:23

Parlament saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

16-oktyabr kuni O‘zbekiston va xorijdagi saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi saylovi bo‘yicha muddatdan oldin ovoz berish boshlandi.

“Gazeta.uz” nashri xabar qilishicha, muddatdan oldin ovoz berish 23-oktyabrga qadar, ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha, dam olish kunlari esa soat 11:00 dan 17:00 gacha davom etadi.

Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 39 ta davlatda 57 ta saylov uchastkasi tashkil etilgani, shundan 26 ta davlatda muddatdan oldin ovoz berish o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Сайлов-2024: "Янгича", аммо мухолифатсиз сайлов
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:25:45 0:00

Xorijdagi uchastkalarda muddatdan oldin ovozlar mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, saylov kuni yashash joyida bo‘lmagan fuqarolar muddatdan oldin ovoz berishlari mumkin. Uchastkaga kelgan fuqaro arizada saylov kuni kela olmasligi sababini (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va h.k.) ko‘rsatishi shart.

Parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 27-oktyabrda o‘tkaziladi. Saylov kampaniyasiga 26 iyuldan rasman start berilgan.

MSK Liberal-demokratik partiya, “Milliy tiklanish”, Ekologik partiya, Xalq demokratik partiyasi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga saylovda qatnashishga ruxsat bergan.

XS
SM
MD
LG