Линклар

 
O‘zbekiston yana 1,5 milliard dollarlik obligatsiya chiqardi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 08:22

O‘zbekiston yana 1,5 milliard dollarlik obligatsiya chiqardi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston umumiy qiymati qariyb 1,5 milliard AQSH dollari ekvivalentidagi navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini jahon moliya bozorlarida joylashtirdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qilishicha, 18 va 20-fevral kunlari kuni Londonda AQSH dollarida 7 yillik, yevroda 4 yillik va so‘mda 3 yillik suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinishi e’lon qilingan.

O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalarini sotib olish uchun jami 4,2 milliard dollar miqdorida (dollardagi obligatsiyalarga – 2 milliard dollar, yevrodagisi – 1,6 milliard yevro va so‘mdagisiga 7,3 trillion so‘m) buyurtmalar kelib tushgan.

Obligatsiyalar bo‘yicha quyidagi foiz stavkalari qayd etilgan:

• 500 million AQSH dollari miqdoridagi 7 yillik obligatsiyalar bo‘yicha – 6,95 foiz;

• 500 million yevro miqdoridagi 4 yillik obligatsiyalar bo‘yicha – 5,1 foiz;

• 6 trillion so‘m miqdoridagi 3 yillik obligatsiyalar bo‘yicha – 15,5 foiz.

Vazirlikka ko‘ra, xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishdan kelib tushgan mablag‘lar 2025-yilgi davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish hamda ipoteka dasturini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga resurs ajratish uchun yo‘naltiriladi.

Jumladan, “yashil” maqomi bilan chiqarilgan yevrodagi obligatsiyalardan kelib tushadigan mablag‘lar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish kabi loyihalarni moliyalashtirish uchun sarflanadi.

Dollar va so‘mda chiqarilgan obligatsiyalardan tushgan mablag‘lar esa aholini uy-joy bilan ta’minlash, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurishga yo‘naltirilishi bildirilgan.

Faollar xalqaro miqyosda yana 1,5 milliard dollar qarzlar jalb qilinishi ortidan mamlakatda maosh va nafaqalar oshiriladimi degan savolni muhokama qilmoqda.

Jumladan, iqtisodchi Otabek Bakirov hukumat obligatsiyalar orqali 2024-yil may oyida ham 1,5 milliard dollarlik qarz jalb qilgan bo‘lsa-da, maosh va pensiyalar indeksatsiya qilinmaganiga e’tibor qaratgan.

Ozodlik avval xabar qilganidek, O‘zbekiston 2020-yil noyabr oyida tarixida ilk marotaba xalqaro moliya bozorlarida milliy valyutada 2 trillion so‘m hajmida suveren obligatsiyalar joylashtirgandi.

XS
SM
MD
LG