Линклар

 
O‘zbekistonda 3 oy yashamagan fuqarolarga pensiya berish to‘xtatiladi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 16:09

O‘zbekistonda 3 oy yashamagan fuqarolarga pensiya berish to‘xtatiladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Xorijiy o‘lkaga chiqib ketib, 3 oydan ko‘proq vaqt davomida O‘zbekistonga qaytmagan fuqarolarga pensiya berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati eslatgan.

Pensiya jamg‘armasi qaydicha, pensioner O‘zbekistonga qaytib kelganidan keyin unga vaqtincha to‘xtatilgan pensiyasini qayta to‘lash boshlanadi.

Xabarnomada fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelganidan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasining 24 oyligini olish huquqiga egaligi bildirilgan.

Mahalliy qonunchilikka muvofiq, pensiya to‘lash fuqaro vafot etganda, pensiyaga huquqlar yo‘qolganda, xorijiy o‘lkadan pensiya olishga oid holat aniqlanganda yoki doimiy yashash uchun chet elga chiqib ketganda, ozodlikdan mahrum etilganda ham to‘xtatilishi mumkin.

O‘zbekistonda yoshga doir eng kam pensiya miqdori o‘tgan yilning 1-sentyabridan boshlab oyiga 834 ming so‘m (taqriban 65 AQSH dollari) etib belgilangan. Bu miqdor mamlakatning mintaqadagi qo‘shnilari bo‘lmish Qozog‘iston (110 dollar) va Qirg‘izistondagidan (80 dollar) kamroq, Tojikistondagidan (18 dollar) esa ko‘proqdir.

XS
SM
MD
LG