Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

O‘zbekistonda AES qurilishi: "Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q!"


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi birinchi AES qurilishi loyihasining taqdimot marosimida. Toshkent, 19-oktyabr, 2018.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi birinchi AES qurilishi loyihasining taqdimot marosimida. Toshkent, 19-oktyabr, 2018.

O‘zbekistonda AES qurilmasligi kerak, har bir sog‘lom aql egasi, O‘zbekistonni vatanim degan har bir o‘zbekistonlik bu qanday kulfatlar yaratishini anglab, tushunib, his qilib turipti.

AES bu siyosiy xatar. Davlat mustaqilligini so‘roq ostida qoldiradi.

AES bu iqtisodiy xatar. AES bu ijtimoiy xatar. AES bu ekologik xatar.

Yolg‘on gapiriladigan makonda, hukumat xalqqa hisobdor bo‘lmagan yurtda AES qurilmasligi kerak. Qaysi aql dunyoni yadroviy shantaj bilan qo‘rqitayotganlarga, o‘zlari qurgan ikkita AESni bosib olganlarga AES qurilishini ishonib topshirishi mumkin?

Марказий Осиёда АЭС қуриш истаги. Мутахассислар нимадан хавотирда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:08 0:00


Bugun bor, ertaga yo‘q qanaqadir Sultonovlar, qanaqadir Mirzamahmudovlar, qanaqadir Ahmedxodjayevlar AES qurib tajriba o‘tkazishmoqchi bo‘lishsa, marhamat, buning uchun O‘zbekistondan boshqa makon tanlashsin.

Men rozi emasman, rozi bo‘lmayman. Bizning O‘zbekistondan boshqa zaxira vatanimiz yo‘q!

Otabek Bakirov

Iqtisodchi, bloger

Telegramdagi Bakiroo kanalidan olindi. (Imlo o‘zgarishsiz qoldirildi)

Tahririyatdan: OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtayi nazari tahririyat nuqtayi nazarini aks ettirmaydi.

XS
SM
MD
LG