Oliy Majlis Senatining 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan beshinchi yalpi majlisida qayd etilishicha, erta nikoh ko‘rsatkichi 2023-yilga nisbatan 7 baravarga ortgan.
“Ma’lumotlar shuni ko‘rsatib turibdiki, erta nikohlar qizlarni ixtiyorisiz ravishda, ota-onalar yoki qarindoshlarning bosimi ostida bo‘lmoqda. Bu borada qanday yangi tizim va ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda?” deya Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakilini savolga tutgan senator Gulnora Ma’rufova.
“O‘rganishlarda nikohlarning 70 foizida ota-ona sababchi ekanligi, 26 foizda erta turmush qurishga sabab sevgi-muhabbat ko‘rsatilgan, 3,4 foizda esa homila bilan bog‘liq ekani qayd etilgan. Qolgan 1,5 foiz holat diniy qarashlar bilan izohlagan”, deya mavjud vaziyat yuzasidan izoh bergan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova.
Mulozimaga ko‘ra, bu kabi holatlarni kamaytirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-3-moddasida nazarda tutilgan jarimani oshirish taklif qilinmoqda.
Oldinroq , Equality Now xalqaro inson huquqlari tashkiloti O‘zbekistonni erta nikoh muammosi mavjud davlatlar ro‘yxatiga kiritgandi.