Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

O‘zbekistonda Pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi.

Bu tartib, “Huquqiy axborot” Telegram kanali qaydicha, mamlakat prezidentining 21-iyun kuni qabul qilingan “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufidagi Respublika pedagogik ta’lim resurs markazi faoliyati ularni Pedagogik mahorat milliy institutiga qo‘shish orqali tugatiladi. Institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.

Qaror bilan 2024/2025 o‘quv yilidan maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinishi belgilangan.

Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi joriy etiladi.

XS
SM
MD
LG