Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 01:57

O‘zbekistonda piyodalarni urib ketish holati ko‘paymoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashagan 57 yoshli vatandosh yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

“Milliy” telekanalining “Millar” dasturi reportajida qayd etilishicha, “Lacetti” avtomobilini haydab ketayotgan 30 yoshli shaxs boshqaruvni yo‘qotib, uyi darvozasi oldida turgan erkakka kelib urilgan. Og‘ir jarohatlangan jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mahalliy matbuot Toshkent viloyatida ro‘y bergan YTHda yana bir piyoda halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Sakkizinchi oktyabr kuni Olmaliq shahrida “Nexia 3” haydovchisi yo‘lning belgilangan qismidan o‘tayotgan 50 yoshli piyodani urib yuborgan va hodisa joyidan qochib ketgan.

O‘zbekistonda har yili 2000-2500 kishi YTH tufayli hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. Jumladan, 2023-yilda avariyalar oqibatida 2282 kishi halok bo‘lgan, 9209 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning 1568 nafari, halok bo‘lganlarning esa 263 nafari bolalardir.

Tahlillarga qaraganda, piyodalarni urib ketish holati ko‘paygan. Faollar yo‘llardagi bevaqt o‘limlar sabab soha mas’ullarining iste’fosini ham talab qilgani ma’lum.

XS
SM
MD
LG