27-sentyabr kuni soat 17:00 da O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar raislarining debati tashkil etiladi.
“Debatlar jonli efirda Zo‘r TV, Uzreport TV, RTV, Sevimli va My5 kanallarida ko‘rsatiladi. Partiya raislari o‘z pozitsiyasini e’lon qilish va raqiblariga savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, deb xabar berdi mahalliy matbuot.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 27-oktyabrda o‘tkaziladi. Saylov kampaniyasiga 26-iyuldan rasman start berilgan.
Markaziy saylov komissiyasi Liberal-demokratik partiya, “Milliy tiklanish”, Ekologik partiya, Xalq demokratik partiyasi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga saylovda qatnashishga ruxsat bergan.
Mamlakatda qonunchilik idorasi saylovi so‘nggi bor 2019-yil 22-dekabrda bo‘lib o‘tgan.