Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:46

“O‘zbekistonda so‘z erkinligi o‘ldi”. Effect.uz muxbiri jurnalist va blogerlarga murojaat qildi


1 - iyun kuni Surxondaryoga safar qilgan prezident Mirziyoyev mahalliy jurnalistlarga yana bir marta "o‘zining ko‘makchisi" ekanliklarini aytgan.
1 - iyun kuni Surxondaryoga safar qilgan prezident Mirziyoyev mahalliy jurnalistlarga yana bir marta "o‘zining ko‘makchisi" ekanliklarini aytgan.

Mustaqil Effect.uz nashri jurnalisti Elyorbek Tojiboyev 2 - iyun kuni YouTube portaliga joylashtirilgan videomurojaatida O‘zbekistondagi jurnalist va blogerlarni kasbiy faoliyatlariga tahdidlardan ogohlantirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Effect.uz jurnalistlari shu yil yanvarida "jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi raisi qabuliga kirishga uringani uchungina" jinoyat ishi figurantlariga aylangan.

"Hammangizni ogohlikka chaqirib qolaman. Shunaqangi holatlar sizning ham boshingizga tushmasin. So‘z erkinligi O‘zbekistonda o‘ldi. O‘ldi. Hurmatli tanqidchi va mustaqil jurnalist, blogerlar", deydi farg‘onalik jurnalist o‘zining videomurojaatida.

Elyorbek Tojiboyev shu yilning 27 - may kuni Qashqadaryo viloyat sudida boshlangan mahkama jarayonida JKning qator moddalari bo‘yicha ayblanayotgan Effect.uz saytining uch jurnalistidan biri.

Jurnalistlar H. Ahmedov, A. Nurimbetov, va E. Tojiboyevlar tuhmat qilish (JK 139-modda), haqorat qilish (JK 140-modda), hokimiyat vakili yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish (JK 219-modda) va tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashishda (JK 236-modda) ayblanmoqda.

Shu yil yanvarida Effect.uz jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi binosidan muxbirlar Elyorbek Tojiboyev, Akbar Nurimbetov va Xamidjon Ahmedov ishtirokidagi ikkita videoni e’lon qilgan edi. Jurnalistlar sud raisi Odil Begimqulov bilan ziddiyatga kirishgan. Sudda katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan Ikrom Xudoyarovga nisbatan hukm chiqarilishi kutilayotgandi.

Sudya jurnalistlarni o‘zining ruxsatisiz kabinetga kirishga haqlari yo‘qligi haqida ogohlantirgan.

Hodisa ortidan Sudyalar kengashi bayonot chiqarib, Effect.uz muxbirlarini “jurnalist odobiga zid xatti-harakat qilish, sud mustaqilligi va sudьya daxlsizligiga ochiqdan-ochiq tajovuz va hurmatsizlik”da ayblagandi.

Elyorbek Tojiboyevning videomurojaati prezident Shavkat Mirziyoyevning

Termizda jurnalistlar bilan qilgan navbatdagi muloqoti manzarasida yangramoqda.

1 iyun kuni Surxondaryoga borgan prezident Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bilan chegaradagi Hayraton ko‘prigi yaqinida joylashgan Ayritom chegara bojxona postidagi muloqot chog‘ida yana bir marta jurnalistlarni o‘zining “ko‘makchisi” deb atagan.

Ayni paytda u OAV vakillarini “tarozining ikki pallasini ham e’tiborga olish” haqida ogohlantirgan.

«Qalamlaring o‘tkir bo‘lishini, xalqning yuragiga yetib borishini, tarozining ikki pallasini ham albatta e’tiborga olishlaring kerak. Kecha kim edik, nimalar qilgandik, qaysi omillarni amalga oshirgandik, nima kamchiliklarimiz bor edi? Odamlarimizning turmush darajasi, islohotlarga ishonchi qanday oshyapti?..”

Mirziyoyev xalqaro matbuot tashkilotlarining tanqid va xavotirlariga sabab bo‘lgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishiga to‘xtalmagan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon jurnalist va blogerlarni faollikka chaqirib keladi. Bunday chaqiruv davlat rahbari tilidan 18, 19 - mart kunlari Toshkent viloyatiga qilgan amaliy safari davomida ham yangragan edi.

ЯНГИ ҚОНУН: Мирзиёев интернетдаги "танқид" ва "ҳақорат"лардан ҳимоя топди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:32 0:00

Parijdagi “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha bu yilgi reytingida O‘zbekiston bir pog‘ona pastlagan.

Tashkilot o‘tgan oy e’lon qilgan hisobotida O‘zbekistonni 180 davlat ichida 157-o‘ringa qo‘ygan. 2020 - yildagi reytingda O‘zbekiston 156-o‘rinni egallagani e’tiborga olinsa, bu yil mamlakatda matbuot erkinligi bilan bog‘liq holat yomonlashgani anglashiladi.

XS
SM
MD
LG