2024-yilning to‘qqiz oyi mobaynida 12325 nafar etnik qozoq tarixiy vataniga qaytib, qondosh maqomini oldi, deb xabar berdi Qozog‘iston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
Yil boshidan beri tarixiy vataniga qaytgan qozoqlarning asosiy qismi Xitoy (45,6 foiz), O‘zbekiston (39,2 foiz), Turkmaniston (5,5), Mo‘g‘uliston (5,4) va Rossiyada (3,1) tug‘ilib o‘sgan.
Qozog‘iston mustaqillikka erishganidan keyin qondosh (qandas) dasturi doirasida dunyo davlatlarida yashovchi millatdoshlarni tarixiy vataniga qaytishini rag‘batlantirib keladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1991- yildan buyon mamlakatga 1 mln 140,7 ming nafar etnik qozoq doimiy yashash uchun kelgan.