Линклар

 
OAV: Andijon hokimining sobiq o‘rinbosari ishi sudda ko‘rilmoqda
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 15:36

OAV: Andijon hokimining sobiq o‘rinbosari ishi sudda ko‘rilmoqda


Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Botirjon Hamroyevga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda, deb xabar berdi Daryo.uz nashri.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi sudyasi Zafar Latipov raisligida ko‘rilayotgan jinoyat ishiga Botirjon Hamroyev doxil 29 nafar mansabdor ayblanuvchi sifatida jalb etilgani aytilmoqda.

Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi (juda katta miqdorda) va v-bandi (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan) va “b” bandida (uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Oliy sud hozircha mazkur jinoyat ishi yuzasidan ma’lumot e’lon qilgani yo‘q.

2019-yildan Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Botirjon Hamroyev 2024-yil noyabr oyida byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinishi, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha tergovga chaqirtirilgan hamda protsessual tartibda ushlangan edi.

O‘shanda mulozimning uyidan 3 million dollar pul chiqqani haqidagi xabar tarqalgandi. Rasmiy idoralar bu xabarni na tasdiqlagan, na rad etgan.

XS
SM
MD
LG