Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Oq uy: AQSH Maxfiy xizmati rahbari iste’foga chiqdi


Kimberli Chitl
Kimberli Chitl

Sobiq prezident Donald Tramga qarshi suiqasdni bartaraf qilolmagani uchun AQSH Maxfiy xizmatida (USSS) tekshiruv o‘tkazilgan ortidan xizmat direktori Kimberli Chitl iste’foga chiqqan. Bu haqda 23-iyul kuni Oq uy ma’lumot tarqatdi.

Reuters qaydicha, vazifasiga amaldagi va sobiq davlat rahbarlarini himoya qilish kiradigan Maxfiy xizmat izoh so‘rab qilingan murojaatga darhol javob bergan emas.

Maxfiy xizmatga savollar 13-iyul kuni Pensilvaniyada ochiq osmon ostida o‘tgan saylovoldi mitingida Donald Tramp yaralanganidan keyin paydo bo‘lgan. Qurollangan jinoyatchi siyosatchiga tadbir o‘tkazilayotgan maydon kaftdek ko‘rinib turgan tomdan o‘q uzgan bo‘lishi mumkin.

Buning ortidan USSS rahbariyati, xususan Kimberli Chitl 22-iyul kuni Namoyandalar palatasining nazorat komissiyasi oldida hisob berarkan, AQSHdagi ikki yetakchi siyosiy partiya — demokratlar va respublikachilar partiyalari vakillari tanqidiga nishon bo‘lgan. U qonun chiqaruvchilarning Pensilvaniyadagi Tramp mitingida qanday xavfsizlik choralari ko‘rilganiga oid savollariga javob berishdan bosh tortgan.

Tinglov chog‘ida qonun chiqaruvchilardan bir necha nafari Chitlni iste’foga chiqishga chaqirgan. Tinglov ishtirokchilari “Maxfiy xizmat ustidan nazoratni davom ettirish”ni ham va’da qilishgan.

Kimberli Chitl o‘z chiqishida, jumladan mitingda sodir bo‘lgan noxush hodisa uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini bildirgan. U Pensilvaniyadagi hodisani o‘zi rahbarlik qilayotgan Maxfiy xizmat tarixida 1981-yili o‘sha paytdagi prezident Ronald Reyganga qarshi uyushtirilgan suiqasddan beri kuzatilgan “eng yirik muvaffaqiyatsizlik” deb atagan.

XS
SM
MD
LG