Линклар

 
Ovqatlanish xizmati bo‘yicha tenderda mebelchi firma g‘olib chiqdi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:29

Ovqatlanish xizmati bo‘yicha tenderda mebelchi firma g‘olib chiqdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Andijon viloyatidagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 2022-2025-yillarda o‘tkazgan tenderlarda shubhali holatlar yuzaga chiqdi.

Hujjatlarni o‘rgangan Daryo.uz nashrining xabar qilishicha, eng yaxshi taklif tanlovida qo‘li baland kelgan korxonalarning ta’sischilari bir-biriga “begona emas”.

Tenderda g‘olib deb e’lon qilingan korxonalar butkul boshqa ixtisoslikda ekani ham e’tiborni tortgan.

Markaz joriy yil 13-20-fevral kunlari ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazgan boshlang‘ich qiymati salkam 2,1 milliard so‘mlik tenderda “Lucky kinder garten” MCHJ g‘olib deb topilgan.

Korxona 2023-yilning iyul oyida tashkil etilgan, faoliyati buyurtmachiga ko‘rsatilganidek, oziq-ovqat emas, balki mebel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, tenderga ilova qilingan hujjatlarda tashkilot o‘z balansida binolar mavjudligini keltirgan bo‘lsa-da, kadastr pasportida keltirib o‘tilgan obyektlarni davreestr.uz portalidan topishning iloji bo‘lmadi”, deb yozgan Daryo.uz.

Sport maktabiga 6,5 milliard so‘mlik ovqat xizmati ko‘rsatgan yana bir firma kompyuter xizmatiga ixtisoslashgani aniqlangan.

Nashr holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa mas’ul idoralardan izoh talab qilgan.

Ozodlik avvalroq “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xarid komissiyasi ko‘p milliardlik tender o‘tkazishda qonun talablarini qo‘pol ravishda buzgani haqida xabar qilgan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qaydicha, 2024-yil davomida davlat xaridlari tizimida 263,9 milliard so‘mlik noqonuniy xarid natijalari bekor qilingan.

XS
SM
MD
LG