Линклар

 
Ozarbayjon Bokudagi “Rus uyi”ni yopishni talab qildi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 14:46

Ozarbayjon Bokudagi “Rus uyi”ni yopishni talab qildi


Bokudagi "Rus uyi" binosi
Bokudagi "Rus uyi" binosi

Ozarbayjon rasmiylari Moskvaga mamlakat hududida Rossiyaning “Rossotrudnichestvo” agentligi faoliyati to‘xtatilishi haqida rasmiy nota yo‘llashdi. Bu haqda 6-fevral kuni Report nashri va Minval telegram-kanali kabi rasmiy Bokuga yaqin ommaviy axborot vositalari xabar qilishdi. Kechga yaqin bu borada Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi saytida ham rasmiy xabarnoma paydo bo‘ldi.

“Rossiya “Rossotrudnichestvo” agentligining Ozarbayjondagi vakolatxonasi bo‘lib hisoblangan “Rus uyi” (“Russkiy dom”) axborot-madaniyat markazi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan emas”, deyilgan TIV vakili Ayxan Gajizade bayonotida.

Iddaoga ko‘ra, “tashkilot Ozarbayjon qonunchiligini jiddiy ravishda buzgan”, shu sababli “2025-yilning 3-fevralida Rossiya tomoniga “Rus uyi” faoliyatini to‘xtatish haqida nota yuborilgan. Xabarnomada Rossiya tomonidan “tegishli choralar ko‘rish” kutilayotgani urg‘ulangan.

“Rossotrudnichestvo” rahbari Yevgeniy Primakov TASS agentligiga Ozarbayjon rasmiylari haqiqatan ham tashkilotning bu mamlakatdagi vakolatxonasini ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilishgani, chunki hozirda u yuridik qayddan o‘tmaganini tasdiqlagan. Ayni paytda u “Rus uyi”ni yopish talab qilinganini ochiq aytmagan. “Rossotrudnichestvo”ning Bokudagi vakolatxonasi xodimlari RIA "Novosti”ga “hozirda Rus uyi odatdagi tartibda ishlayotgan”ini ma’lum qilishgan.

Primakovga ko‘ra, Moskva Bokudagi “Rus uyi”ni ro‘yxatdan o‘tkazishga doim tayyor bo‘lgan, biroq uning murojaatlari go‘yo javobsiz qolgan.

Report nashrining manbalardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda yozishicha, Ozarbayjon rasmiylarining qarori Boku “o‘z milliy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha izchil yo‘nalishdan borishda davom etmoqda va o‘zining ichki ishlariga xorijdan aralashilishiga toqat qilmoqchi emas”ligi bilan bog‘liq. Nashr avvalroq Boku mamlakat hududida AQSHning USAID agentligi faoliyatining to‘xtatilishini talab qilgan. Mazkur tashkilot hozirda qayta tuzilmoqda va o‘z dasturlarining aksariyatini to‘xtatib qo‘ygan.

Avvalroq Ozarbayjon rasmiylari nazorati ostida bo‘lgan Baku.tv Ozarbayjondagi “Rus uyi” faoliyati haqida lavha tayyorlagan. Lavhada “Rus uyi” xodimlari do‘st bo‘lmagan, hatto josuslik faoliyatida fe’lan ayblangan. O‘shanda “Rossotrudnichestvo” rahbari Yevgeniy Primakov “Rus uyi”ni himoya qilib chiqqandi. Unga ko‘ra, vakolatxona “faqat va faqat ta’lim, madaniyat, fan sohalaridagi faoliyat bilan” shug‘ullanadi.

Mazkur reportaj “Ozarbayjon havo yo‘llari” aviashirkati uchog‘i Qozog‘istonning Aqtau shahrida qulaganidan bir necha hafta o‘tib yoyinlangan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev fojiaga Rossiya aloqadorligini bildirib, uchoq Grozniyga qo‘nishga uringan paytda u yerda Rossiya havodan mudofaa tizimi ishlab turganini qayd etgan. Aliyev Rossiya rasmiylari sodir bo‘lgan voqea uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olmaganini tanqid qilgan. Ayni paytda Boku fojiada hali rasman Rossiyani ayblab chiqqani yo‘q.

“Rossotrudnichestvo” federal agentligi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi nazorati ostidagi davlat idorasi bo‘lib, xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlik, “Rossiyaning dunyodagi gumanitar ta’sirini kuchaytirish” va “xorijiy o‘lkalarda zamonaviy Rossiya haqida obyektiv tasavvurni yoyish” kabilar uning vazifasiga kiradi, deya qayd etgan “Xolod” nashri. Agentlikning o‘zi 2022-yil iyulidan buyon YIning sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan, biroq avval Rossiya fan va madaniyat markazlari deb atalgan “Rus uylari” Yevropaning ayrim mamlakatlarida o‘z ishlarini davom ettirishmoqda.

XS
SM
MD
LG