Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 07:30

O'zbekiston terma jamoasi chorak finalga yo'llanma oldi (video)


O'zbekiston terma jamosi chorak finalga yo'llanma olganini nishonlamoqda. Guruhda uchinchi o'rinni egallagan Xitoy esa uyga qaytishga majbur.
O'zbekiston terma jamosi chorak finalga yo'llanma olganini nishonlamoqda. Guruhda uchinchi o'rinni egallagan Xitoy esa uyga qaytishga majbur.
16 yanvar kuni Qatarda o'tayotgan Osiyo Kubogi o'yinlari doirasidagi navbatdagi guruh o'yinida O'zbekiston terma jamoasi Xitoy terma jamosiga qarshi 2:2 hisobi bilan durang o'ynadi.

Shunday qilib, uch o'yinda 7 ochko to'plagan O'zbekiston, "A" guruhida birinchi o'rinni egallab, chorak finalga yo'llanma oldi.

O'yin xitoyliklar ustunligi bilan boshlandi. O'yinning yettinchi daqiqasida xitoylik Yu Xay tarafidan berilgan zarba Odil Axmedovdan rikoshet bo'lib, darvozabon Nesterovni dog'da qoldirdi.

Terma jamoamizni olqishlagani kelgan fanatlar milliy liboslarda stadionga kelishdi.
Xitoyliklar golidan so'ng ikkala taraf ham bir necha bor zarbalar bilan almashishdi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Sarvar Jeparov standard vaziyatdan bergan zarbasini xitoylik darvozabon Ji Yang tarafidan mohirona qaytarildi.

O'yinning birinchi yarmi ohirida esa o'zbekistonlik yarim ximoyachi Odil Axmedov Server Jeparov bilan "one-two" kombinatsiyasini amalga oshirib Ji Yang darvozasini yaqin masofadan zabt etdi. Hisob 1:1.

O'yinning ikkinchi yarmining birinchi daqiqasidayoq o'zbekistonlik Aleksandr Gerynrix "super gol" muallifi bo'ldi - u uzoq masofadan turib xitoyliklar darvozasini ishg'ol qildi.

Xitoyliklar esa Shalke o'yinchisi Hao Yunmin yordamida standard vaziyatdan hisobni tenglashtirishdi. 2:2 hisobi o'yin oxirigacha o'zgarmasdan qoldi.
Chempionatning to'liq jadvalini bu yerda ko'rishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonga durang va hatto bir gol farqi bilan mag'lubiyat ham guruhdan play-off ga chiqishga yetarli edi.

“A” guruhida 6 ochko jamg‘arib, o‘zbekistonlik futbolchilaridan keyin kelayotgan qatarliklar ham Osiyo chempionatining chorak finalida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Mezbon jamoa 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda 2:0 hisobida xitoyliklarni ham mag‘lub etgandi. Qatarliklar yakshanba kungi o‘yinda qo‘shni Quvayt terma jamoasining ustidan ham 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.

Mazkur guruhda 4 ochko jamg‘argan Xitoy terma jamoasi hamda umuman ochko yig‘olmagan Quvayt terma jamoasi chempionatni tark etadi.

O‘zbekistonlik charm to‘p ustalari endilikda Osiyo kubogining chorak finalida “B” guruhida ikkinchi o‘rinni egallaydigan jamoa, ya‘ni Yaponiya, Iordaniya yoki Suriya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

"B" gurihining yakuniy o'yinlari 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Yaponiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘yinni esa mashhur referi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqaradi.

O'zbekiston Vs. Xitoy o'yinning videosini tamosha qiling:



Vadim Abramov shogirdlarining Xitoy terma jamoasiga qarshi o'tkazgan ushbu o'yini shaksiz chempionatning eng qiziqarli va go'llarga boy o'yinlaridan biri bo'lib qoladi.
XS
SM
MD
LG