Линклар

Шошилинч хабар
15 январ 2025, Тошкент вақти: 19:35

O‘zbekiston qirg‘iz militsionerlarini xalqaro qidiruvga bermoqchi


Belarus, Venezuela - Interpol logo, 16May2008
Belarus, Venezuela - Interpol logo, 16May2008
Rasmiy Toshkent O‘zbekiston fuqarosi Navro‘zbek Turg‘unovni o‘g‘irlaganlikda ayblab qirg‘izistonlik militsiya xodimlarini Interpol orqali qidiruvga berishni rejalashtirmoqda.

Regnum agentligining o‘zbek kuch ishlatar tizimlariga tayanib xabar qilishicha, o‘zbekistonlik fermer Narvo‘zbek Turg‘unov joriy yilning fevral oyida qirg‘izistonlik huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va shu paytgacha ushlab turilibdi.

Rasmiy Toshkent iddoasicha, qirg‘izistonlik militsiya xodimlari O‘zbekiston hududiga noqonuniy o‘tib, o‘zbek fermerini o‘g‘irlab ketishgan.

Rasmiy Bishkek voqea yuzasidan izoh berganicha yo‘q.

O‘zbekiston tomoni Navro‘zbek Turg‘unov bilan bog‘liq holat yuzasidan Qirg‘iziston huquq tartibot idoralari xodimlariga qarshi Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam o‘g‘irlash) va 223-moddasi (Qonunga hilof ravishda O‘zbekistonga kirish) moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
XS
SM
MD
LG