Линклар

Шошилинч хабар
03 январ 2025, Тошкент вақти: 04:52

O‘zbekistonda har to‘rt odamning biri Internetdan foydalanadi


O‘zbekistonda internet foydalanuvchilar soni 7.5 milliondan ortgan.

Agar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tarqatgan bu ma‘lumotga ishonilsa, O‘zbekiston aholisining chorak qismi jahon tarmog‘idan foydalanish imkoniga ega.

Agentlikning bildirishicha, O‘zbekistonda Internetga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub‘yektlari soni 903 taga, internet-kafelar soni 968 taga yetgan. Tarmoqqa ulanishning umumiy tezligi sekundiga 2820 Mbitga teng.

O‘zbekistonda internet foydalanuvchilar soni yildan-yilga oshib borayotganiga qaramay, mamlakat aholisi hamon mustaqil manbalardan axborot olish imkonidan mahrumligicha qolmoqda.

Mamlakatda hukumat xush ko‘rmaydigan muxolifat va mustaqil veb-nashrlar to‘sib qo‘yilgan.
XS
SM
MD
LG