Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 00:54

Ozodlik surishtiruvi: Hukumatning javobi yanada ko‘proq savollarni tug‘dirdi - BBC O'zbek


Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va "O‘zbekneftgaz" rahbari Mehriddin Abdullayev (o‘ngda) 12-fevral kuni o‘zlari taklif qilgan jurnalist va blogerlar uchun yopiq brifing o‘tkazgan.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va "O‘zbekneftgaz" rahbari Mehriddin Abdullayev (o‘ngda) 12-fevral kuni o‘zlari taklif qilgan jurnalist va blogerlar uchun yopiq brifing o‘tkazgan.

O‘zbekiston hukumatining mamlakat neft-gaz sektori Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin oligarxlar va ular bilan aloqador shaxslar nazoratiga o‘tib ketgani haqidagi Ozodlik surishtiruviga javobi yanada ko‘proq savollarni paydo qilgan. Bu haqda Bi-bi-si O‘zbek xizmati yozmoqda.

O‘zbekiston hukumati Ozodlik surishtiruviga bir guruh jurnalist-blogerlar orqali javob qaytardi. Ammo hukumatning bu harakati yanada ko‘proq savollarga sabab bo‘lmoqda, deyiladi BBC O'zbek maqolasida. Ozodlik quyida maqolani to‘laligicha keltirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 12-fevral kuni O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va "O‘zbekneftgaz" rahbari Mehriddin Abdullayev bir guruh jurnalist hamda blogerlar bilan uchrashib, Ozodlik radiosi surishtiruvi ortidan yuzaga kelgan savollarga javob qaytargan. Bi-bi-sining Toshkentdagi muxbiri bu uchrashuvga taklif qilinmadi.

Ko‘plab o‘zbekistonliklar surishtiruvda ilgari surilgan xavotirli ma’lumotlar bo‘yicha hukumatdan ommaviy munosabat kutib turgan paytda, soha mas’ullarining faqat tanlangan faollar bilan uchrashib, yopiq eshik ortida savol-javob o‘tkazgani ko‘pchilikni taajjubga solgan.

Endilikda, jamoatchilik mas’ullarga yanada ko‘proq savol bilan yuzlanmoqda.

Кремль чангалидаги ўзбек гази
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:19:16 0:00

"G‘alati matbuot anjumani"

"Anomal sovuq" kunlarida kuzatilgan energetika bo‘hroni zahrini endi unutayozgan o‘zbekistonliklarning gaz-svetga oid dardini 9-fevral kuni e’lon qilingan Ozodlik surishtiruvi qaytadan yangilagandek bo‘ldi.

Ozodlik surishtiruvida o‘tgan yillar davomida o‘zbek gazining turli maxfiy hujjatlar, parda ortidagi kelishuvlar asosida Kreml nazoratiga o‘tib ketgani va rahbariyat mutaxassislar ogohlantirishiga qaramay, "davlatga ziyon keltiruvchi, milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi" bunday loyihalarni to‘xtatmagani haqida so‘z boradi.

Ozodlik surishtiruvi bo‘yicha Bi-bi-si tayyorlagan taqrizni mazkur havolada o‘qishingiz mumkin.

Ayniqsa, surishtiruvda tilga olingan "o‘zbek gazi suvdan ham arzon sotilgan" va "Mirziyoyev O‘zbekiston neftь-gaz zaxiralari ustidan to‘liq eksklyuziv nazoratni 35 yilga Putin oligarxlari qo‘liga topshirgan" jumlalari ba’zi o‘zbekistonliklarni hayratga solgan, ko‘plab faollarni esa g‘azablantirgan.

Ular tarmoqda o‘z fikrlarini bildirib, rasmiylardan Ozodlik surishtiruvida ilgari surilgan da’volarga javob berish talab etilgan ko‘plab postlar qoldirganlar.

Jamoatchilik hukumat reatsiyasini kutayotgan bir manzarada taniqli siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov energetika vaziri bir guruh jurnalist va blogerlar bilan uchrashib, savol-javob o‘tkazgani haqida birinchilardan bo‘lib xabar bergan.

XS
SM
MD
LG