Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 14:17

OzodNazar: "Karimovning Rahmondan xafa bo‘lishiga bir jiddiy sabab bor edi..."


Muhammadjon Obidov
Muhammadjon Obidov

Toshkent-Dushanbe munosabatlarining so‘nggi 30 yilllik tarixini ikki davrga - Islom Karimov davri va Shavkat Mirziyoyev davriga bo‘lish mumkin.

Bu ikki davr orasidagi farq, ayniqsa, Toshkentning Rog‘un GESi qurilishiga munosabatida yaqqol ko‘rinadi.

Islom Karimov 2012 - yilning 7 - sentabrida qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tojikistondagi Rog‘un GESi va Qirg‘izistondagi Qambarota GESi qurilishi haqida gapirar ekan: "Vaziyat shu darajada keskinlashib ketishi mumkinki, bu holat shunchaki diniy qarama-qarshilik emas, urushlarni keltirib chiqarishi mumkin", degan edi.

Islom Karimov vafotiga qadar Rog‘un GESi qurilishiga qarshi turib keldi.

Biroq hokimiyat tepasiga Shavkat Mirziyoyev kelgach Toshkent – Dushanbe munosabatlari ham keskin o‘zgardi va buni yana O‘zbekiston rahbariyatining Rog‘un GESi qurilishiga munosabatida ko‘rish mumkin.

2018 - yilning martida Tojikistonga qilgan safari chog‘ida prezident Mirziyoyev O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishida ishtirok etishga tayyorligi to‘g‘risida bayonot bergan edi.

Toshkent – Dushanbe munosabatlarining ikki davri o‘rtasidagi keskin tafovut sabablarini Birinchi prezidentning xizmat safarlarini yoritgan taniqli telejurnalist, “Farg‘ona haqiqati” gazetasi bosh muharriri Muhammadjon Obidovdan so‘radik.

"Каримовнинг Раҳмондан хафа бўлишига бир жиддий сабаб бор эди..."
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:26 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 - iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga jo‘nab ketdi.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan o‘tkaziladigan oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilinishi rejalangan.

XS
SM
MD
LG