Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:59

OzodTarmoq: Energobo‘hron avjida, gazdan uzilmagan soha qolmadi


Metan gaz quyish shoxobchasi. Illyustrativ surat
Metan gaz quyish shoxobchasi. Illyustrativ surat

Bugun ertalabdan o‘n minglab haydovchilar qaysi metan zapravkaga borishni bilmay safarga, ishga, o‘qishga chiqqan. Xuddi 2021, 2022 va 2023-yillar qishida bo‘lgani singari. Farqi shuki, ahvol og‘irlashgan va vaziyat istiqboli yanada noaniqlashgan.

Qaysi metan zapravka ishlayapti, qancha navbatda turish kerak, ishlayotgan zapravkalar limiti soat nechchigacha yetadi, hech qanday ma’lumot yo‘q. Bu energoshovvozlardan o‘zbekistonliklar ta’minotni yaxshilash bo‘yicha biron bir o‘zgarish kutgani yo‘q edi. Lekin shu oddiygina va iste’molchiga foydali axborot berish algoritmini qilsa bo‘lardi.


Ovoragarchilik, navbatlar va noma’lumlik minglab, millionlab kishi/soat vaqtni sovurilishiga olib kelmoqda.

Millionlab kishi/soat albatta narxlar ustiga minadi. Ertalabdan taksi har kungidan ko‘ra 2 karra qimmat, shaharlararo xususiy qatnovlar narxi keskin oshgan. Ertaga bu boshqa barcha xizmatlarda, ayniqsa transport xarajati vazni ko‘p oziq-ovqatlar narzida ham aks etadi. Go‘shtdan tortib yog‘gacha, sutdan tortib guruchgacha. Iqtisodiy faollik o‘tkazayotgan og‘ir stressni gapirmasayam bo‘ladi.

Darvoqe, o‘tayotgan hafta navbatdagi psixologik marra ham zabt etildi. O‘zbekistonda bodring narxi ananas narxini quvib o‘tdi.

Qiyshiq qarorlar va buzuq o‘lchovlar ustiga qurilgan energetika sho‘rpeshonamiz uchun hali ko‘p syurprizlar yaratadi.

ZIMISTON-UZ. Ўзбек энерготизими ноқулай куз ҳавосига чидамади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:43 0:00


E’tibor berdingizmi, energobo‘hron avjida, gazdan uzilmagan soha, zavod yo biznes qolmadi, lekin gaz eksportini hech qursa shu kunlarda to‘xtatish haqida bittasi churq etgani yo‘q.

Otabek Bakirov

Iqtisodchi, bloger

Telegramdagi Bakiroo kanalidan olindi. (Imlo o‘zgarishsiz qoldirildi)

Tahririyatdan: OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtayi nazari tahririyat nuqtayi nazarini aks ettirmaydi.

XS
SM
MD
LG