Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:15

Parij prokuraturasi Marin Le Pen uchun 5 yil qamoq jazosi so‘radi


Marin Le Pen
Marin Le Pen

Parij prokuraturasi suddan Yevroparlament mablag‘larini o‘rinsiz sarflanishiga oid ish bo‘yicha “Milliy birlashma” partiyasining parlament fraksiyasi lideri Marin Le Penni besh yilga ozodlikdan mahrum qilish (bundan uch yili shartli qamoq) va 300 ming yevro miqdorida jarimaga tortishni so‘radi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar qildi.

Bundan tashqari, prokuratura siyosatchini besh yil davomida hokimiyat organlariga saylanish huquqidan mahrum etilishini talab qilmoqda.

Marin Le Pendan tashqari mazkur ish bo‘yicha “Milliy birlashma”ning yana 20 a’zosi mahkamaga tortilgan. Prokuratura ular uchun ham qamoq jazosi so‘ragan.

Agar sud ayblov hukmini chiqarsa, Le Pen saylovlarda ishtirok etish uchun o‘z nomzodini olg‘a surolmaydi.

Siyosatchi ayblovlarga javoban prokuratura fransiyaliklarni o‘zlari istagan kishilar uchun ovoz berish imkoniyatidan mahrum qilmoqchi ekanini bildirdi.

Le Pen va uning safdoshlari ishi bo‘yicha sud tinglovlari Parijda joriy yilning sentyabr oyida boshlangan. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, ayblanuvchilar “Milliy birlashma” uchun pul o‘g‘irlash maqsadida Yevroparlamentda yolg‘ondakamiga yordamchilar yollashgan.

Le Pen 2007-yilda Fransiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yish niyatini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG