Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 04:23

Pekin matbuoti Tojikiston yana Xitoy hududi ekanini yozdi. Dushanbe Xitoyga norozilik notasi yo‘lladi


Pekin nashrlari Pomir hududi Xitoyga tegishli ekani haqidagi iddaolarni bir necha yillardan beri yozib keladi.
Pekin nashrlari Pomir hududi Xitoyga tegishli ekani haqidagi iddaolarni bir necha yillardan beri yozib keladi.

Xitoyning qator nashrlari Tojikiston hududi tarixan har doim Xitoyga tegishli bo‘lgani haqida yozdi. Maqolada nafaqat Tojikiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari hududi ham Xitoyga tegishli bo‘lgani shama qilinadi.

Rasmiy Dushanbe Xitoy matbuotida chop etilgan bu kabi maqolalarga o‘z noroziligini bildirdi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bu maqolalarni “provokatsiya” deb baholadi. Xitoy hukumati esa rasman bu voqeaga munosabat bildirmadi.

Vazir: Notadan so‘ng Xitoy saytlaridagi provokatsion maqolalar o‘chirildi

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojidin Muhriddin Dushanbeda 15 - fevral kuni o‘tgan matbuot anjumanida Xitoyga mazkur maqola yuzasidan rasman norozilik notasi topshirilganini bildirdi.

Bundan tashqari Tojikistonning Pekindagi elchixonasi rasmiylari bu maqolani chop qilgan nashr rahbarlari bilan ham uchrashgan.

“Biz bu provokatsion maqolalar yuzasidan zarur bo‘lgan ishlarni amalga oshirdik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini topshirdik, Xitoydagi elchixonamiz vakillari bu maqolalarni chop etgan nashrlarda uchrashuvlar o‘tkazdi. Oqibatda bu maqolalarning barchasi saytlardan o‘chirib tashlandi”,-deb bildirdi Sirojidin Muhriddin.

Vazirga ko‘ra, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi notaga javob yo‘llagan va unda “maqolada aytilgan fikrlar rasmiy Pekinning pozitsiyasi emas” ligi ta’kidlangan.

Ammo Ozodlik radiosi tojik xizmatining bildirishicha, Xitoy hukumati bu voqea yuzasidan matbuotga munosabat bildirmagan.

Xitoy tarixchisi iddaosi: Xitoy yerlariga qo‘shni davlatlar egalik qilmoqda

Xitoy matbuoti avval ham Tojikiston Xitoy hududi ekani iddao qilingan maqolalarni chop etib kelgan.

Jumladan, 3 - yanvarьkuni “Gul – tarix ko‘zgusi” portalida e’lon qilingan maqolada: “Sin va Tan imperiyalari davrida Tojikiston Xitoyning bir qismi bo‘lgan. Keyinroq Xitoy Xo‘tandan boshlab forslar saltanatigacha bo‘lgan hududlarni bosib olgan. Hozirda bu hudud Markaziy Osiyo deb ataladi”,-deb yozilgan.

O‘tgan yili esa tarixchi Chu Yao Lu “Tojikiston Xitoyga tegishli yerlarni va Pomir tog‘larini yerlari haqiqiy egasiga qaytardi” sarlavhali maqola yozgan edi. Bu maqolada Tojikiston hududining haqiqiy egasi Xitoy ekani va 11 yillik muzokaralardan so‘ng Tojikiston Xitoyga 1158 kvadrat kilometr hududni qaytargani aytiladi.

Tojik hukumati esa Xitoyga 1100 kvadrat kilometr hudud qaytarilganini, bu Xitoy qaytarishni talab qilgan bahsli hududning uch foizi ekanini ta’kidlab keladi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bu voqeani “diplomatik g‘alaba” deb atagan.

Xitoy matbuotida Tojikiston haqida chop etilgan maqolalarda Markaziy Osiyo 128 yil oldin Xitoydan ajrab chiqqani iddao qilinadi.

“Xitoy zamonaviy davlatchiligi shakllangan 1911 - yildan keyin hukumatning birinchi galdagi vazifasi yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olish bo‘ldi. Ayrim yerlar qaytarib olindi, ammo ayrimlari haligacha ham qo‘shni davlatlar nazoratida qolmoqda. Huddi mana shunday qadimiy hududlardan biri Pomirdir. Pomir jahon yetakchi davlatlarining bosimi ostida 128 yildan beri Xitoydan ajratib qo‘yildi”,-deb yozgan Chu Yao Lu.

Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlariga hududiy e’tirozlari

Rasmiy Pekin Xitoy matbuotidagi bu kabi maqolalar hukumat rasmiy pozitsiyasi emasligini bildirsa-da, amalda Markaziy Osiyo davlatlariga hududiy e’tirozlarni bildirib keladi.

Mazkur hududiy e’tirozlar ortidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Tojikiston Xitoyga o‘z hududining 0,77 foizini, ya’ni 1100 kvadrat kilometrni bergan.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda Qozog‘iston Xitoyga 407 kvadrat kilometr yerni qaytargan.

Qirg‘iziston esa 1999 - yilda Uzangi Qush deb nomlangan hududning 161 kvadrat kilometri, ya’ni 39 foizini Xitoyga bergan.

XS
SM
MD
LG