Линклар

Шошилинч хабар
15 январ 2025, Тошкент вақти: 19:35

Podmoskovyeda migrantlarga xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash taqiqlanadi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Keyingi yil boshidan Rossiyaning Moskva viloyatida migrantlarga ko‘plab faoliyat sohalarida ishlash taqiqlanadi.

“1-yanvardan alkogolli ichimlik va tamaki savdosiga, ko‘chma savdo obyektlarida ko‘cha taomlari sotishga, ijtimoiy xizmatlarga hamda sport, madaniyat, hordiq, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga patent asosida xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga taqiq amal qila boshlaydi”, deyilgan Moskva viloyati hukumati matbuot xizmati xabarnomasida.

Moskva viloyati hukumati raisining o‘rinbosari Natalya Maslyonkina bu borada izoh berarkan, rasmiylar qarori mahalliy aholining xorijliklar ishidan shikoyati oshgani bilan bog‘liqligi va “muhtamal ziddiyatlarni kamaytirish”ga xizmat qilishi kerakligini bildirgan. Maslyonkinaga ko‘ra, kelajakda Moskva viloyati ham “Rossiyaning patent bo‘yicha ishlashga to‘liq taqiq kiritilgan 22 ta mintaqasiga qo‘shilishni istaydi”.

Avvalroq “Agentstvo” nashri Rossiya mintaqalarining uchdan bir qismida migrantlar faoliyatiga cheklovlar kiritilgani haqida xabar qilgan. Xorijdan kelganlarga ko‘proq taksida ishlash taqiqlanmoqda. Shu tufayli, “Yandeks Go” xizmati rahbarlaridan biri bo‘lgan Anton Petrakov taxminiga ko‘ra, 2024-yil oxiriga borib Rossiyada taksi haydovchilari tanqisligi 130 ming kishini tashkil qiladi. Petrakovga ko‘ra, bu muammo sababli yo‘lkira narxlari “o‘nlab foizgacha” oshib ketishi mumkin.

XS
SM
MD
LG