Pokiston joriy yilning 14-avgustidan boshlab O‘zbekiston doxil 126 ta mamlakat fuqarolari uchun viza yig‘imini bekor qildi. Bu haqda Pokiston axborot vaziri Atoulloh Tarar ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur ro‘yxatga O‘zbekistondan tashqari mintaqadagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston, MDHdagi Rossiya va Belarus, shuningdek, AQSH, Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi barcha mamlakatlar hamda Yaqin Sharqning qator mamlakatlari kiritilgan.
Bu mamlakatlar fuqarolariga turistik va korchalonlik bilan bog‘liq vizalar bepul beriladi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan mamlakatlarning fuqarolari elektron vizaga ariza topshirish uchun Pokiston Tashqi ishlar vazirligi veb-sayti orqali o‘z pasportlari nusxasi va fotosuratini taqdim etishlari lozim bo‘ladi. Viza 90 kun davomida amalda bo‘ladi.
Bundan tashqari, Pokiston Saudiya Arabiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Qatar, Kuvayt va Ummondan bo‘lgan tadbirkorlarga vizani to‘la bekor qilgan. Bu qadam korchalonlik va investitsion faollikka turtki berishi kutilmoqda.