Линклар

 
Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdini o‘qqa tutishdi va yuzlab odamni garovga olishdi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 13:46

Pokistonda jangarilar yo‘lovchi poyezdini o‘qqa tutishdi va yuzlab odamni garovga olishdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Pokiston janubi-g‘arbidagi Belujiston viloyatida jangarilar ichida yuzlab yo‘lovchi bo‘lgan poyezdni o‘qqa tutishgan. Bu haqda DW (“Nemis to‘lqini”) va Bi-Bi-Si xabar qildi.

Poyezd Kvetta shahridan mamlakat shimolidagi Peshavorga ketayotgan bo‘lib, unda 400 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Jangarilar temir yo‘lni portlatib, poyezdni mobil va internet aloqasi bo‘lmagan Bo‘lan degan kimsasiz joyda to‘xtatishgan.

Hujum uchun mas’uliyatni mintaqadagi yirik bo‘lginchi guruhlardan biri bo‘lmish “Belujistonni ozod qilish armiyasi” (BOQA) o‘z zimmasiga olgan. Mazkur guruh AQSHda terror tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan.

BOQA vakillari poyezd yo‘lovchilari garovga olinganini bildirishgan.

Kvettadagi temir yo‘l shirkati vakili AFP agentligiga jangarilar 450 dan ziyod odamni garovga olganini bildirgan . Times of India nashri keyinroq jangarilar ayollar va bolalarni qo‘yib yuborishgani, garovda faqat harbiylar qolgani haqida xabar qilgan.

Pokiston politsiyasi o‘z tasarrufidagi ma’lumotlarga asoslangan holda, hujum oqibatida poyezd mashinisti doxil uch kishi jabrlanganini ma’lum qildi. Hodisa sodir bo‘lgan joyga xavfsizlik kuchlari yo‘llangan.

Pokiston rahbari Muhsin Naqviy poyezdga hujumni qoralagan. U rasmiylar hech qanaqa aybi bo‘lmagan yo‘lovchilarni o‘qqa tutganlarga yon bermasligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG