Линклар

Шошилинч хабар
19 декабр 2024, Тошкент вақти: 15:43

Pokistonning 10 yilga qamalgan sobiq Bosh vaziri Imron Xon kim?


Imron Xon Lahordagi matbuot anjumanida.
Imron Xon Lahordagi matbuot anjumanida.

Pokistonning sobiq Bosh vaziri Imron Xonning “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq 10 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi Pokiston siyosiy hayotidagi oxirgi muhim yangilik bo‘ldi.

“Reuters” axborot agentligining yozishicha, sobiq kriket yulduzi bo‘lgan Imron Xon kelasi haftada bo‘lib o‘tadigan saylovlar ham ishtirok etish huquqidan ham mahrum qilingan.

71 yoshli Xon 2022-yilda parlamentdagi ishonchsizlik votumi orqali hokimiyatdan chetlatilganidan beri o‘nlab mahkama da’volaridan o‘zini himoya qilib kelyapti. Avgust oyida u korrupsiyaga doir ayblovlar bilan uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va 8-fevraldagi saylovda ishtirok etishdan chetlashtirilgan.

O‘tgan yil boshida o‘tkazilgan so‘rovlar Imron Xon Pokistondagi eng mashhur siyosatchi ekanligini ko‘rsatgan. May oyida korrupsiya ayblovlari bilan uning qisqa muddat hibsga olingani iqtisodiy inqiroz davrida butun mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

Учдан бир қисмини сув босган Покистон инқироз арафасида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00

U o‘ziga qarshi ayblovlarni rad etib, iyun oyida Reuters agentligiga bergan intervyusida Pokistonni 1947-yilda mustaqillikka erishganidan buyon hukmronlik qilgan harbiylar va mamlakat josuslik agentligi uning siyosiy partiyasini yo‘q qilishga urinayotganini aytgan edi.

Yadro quroliga ega davlatning eng yirik iqtisodiy institutlarini nazorat qiluvchi harbiylar siyosatda betaraf ekanini aytadi.

Generallarning nog‘orasiga o‘ynayotganlikda ayblangan Xon o‘sha paytdagi armiya kattasi general Qamar Javed Bajva bilan janjallashib, iste’foga chiqdi.

Uning aytishicha, hozirda general Asim Munir qo‘mondonlik qilayotgan armiya hamon uni va uning partiyasini ta’qib qilmoqda. Biroq armiya bu ayblovlarni rad etmoqda.

May oyida hibsga olinganidan keyin sodir bo‘lgan zo‘ravonliklar, uning tarafdorlari ko‘plab shaharlarda armiya obyektlariga hujum qilgani sababli, harbiylar bilan munosabati sovuqlashgan bo‘lishi ham mumkin.

Xonning siyosiy partiyasidagi ba’zi rahbarlar zo‘ravonliklardan keyin lavozimdan ketdi. Partiyaga ko‘ra, minglab partiya a’zolari ham hibsda qolmoqda.

Imron Xon 1992-yilda Pokistonga Jahon kubogidagi yagona g‘alabani olib bergan kriket afsonasi bo‘lgan. U 2018-yili Pokistonni korrupsiyadan xoli, gullab-yashnagan mamlakatga aylantirish maqsadi atrofida birlashtirish va’dasi bilan hokimiyatga keldi. Ammo uning shuhrati va xarizmasi yetarli emas edi.

Мирзиёев ҳукумати ва Толибон мулоқоти. Ўзбекистон эртаси таҳликадами?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:18 0:00

Hokimiyatga yo‘l

Xon Pokiston Adolat uchun Harakat (PTI) partiyasiga asos solganidan yigirma yildan ko‘proq vaqt o‘tib hokimiyat tepasiga keldi. Pokistondagi shon-shuhratiga qaramay, partiya mamlakatning siyosiy hayotida 17 yil davomida Xon egallagan o‘rindan boshqasini qo‘lga kirita olmadi.

2011-yilda Xon keng tarqalgan korrupsiya, surunkali elektr taqchilligi, ta’lim inqirozi va ishsizlikdan hafsalasi pir bo‘lgan ko‘plab yosh pokistonliklarni o‘ziga qarata boshladi.

Keyingi yillarda u yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlandi: o‘qimishli pokistonlik muhojirlar o‘z ish joylarini tark etib, uning partiyasiga ishladi va estrada musiqachilari va aktyorlari uning kampaniyasiga qo‘shildi.

Xon 2018-yilda tarafdorlariga, mening maqsadim Pokistonni "bir hovuch boylar va bir dunyo kambag‘allar" mamlakatidan "insonparvar, adolatli tizim namunasi” bo‘lgan davlatga aylantirish dedi.

Pleyboydan islohotchiga

Xon Pokistonning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Lahorda, 1952-yilda, badavlat shaharlik pushtun oilasida tug‘ilgan.

Yaxshi joyda ta’lim oldi, Oksford universitetiga o‘qishga kirdi va u yerni falsafa, siyosat va iqtisod bo‘yicha bitirdi.

Kriket karyerasi gullab-yashnagan sari, u 1970-yillar oxirida Londonda pleyboy sifatida obro‘ qozondi.

1995-yilda u biznes magnat Jeyms Goldsmitning qizi Jemima Goldsmitga uylandi. Ikki o‘g‘il farzandli bo‘lgan er-xotin 2004-yilda ajrashdi. Uning telejurnalist Reham Nayyar Xon bilan ikkinchi nikohi ham ajralish bilan yakunlangan.

Xon so‘fiy yetakchi Bushra Bibi bilan uchinchi nikohi uning so‘fiylikka bo‘lgan qiziqishini aks ettirardi.

Hokimiyatga kelganidan so‘ng, Xon Islomga asoslangan farovonlik davlatini qurish rejasini amalga oshirishga kirishdi.

Biroq uning korrupsiyaga qarshi kurashi siyosiy raqiblarini yo‘qotish uchun bahona sifatida qattiq tanqid qilindi, ularning aksariyati poraxo‘rlikda ayblanib qamaldi.

Generallar ham o‘z ta’sirini saqlab qoldi, nafaqadagi va xizmat qilayotgan harbiy ofitserlar o‘ndan ortiq fuqarolik muassasalariga rahbar etib tayinlandi.

Xon 2022-yil aprel oyida yuqori inflyatsiya, o‘sib borayotgan kamomad va keng tarqalgan korrupsiyadan norozilik tufayli Bosh vazir lavozimidan chetlatilgan edi.

Oliy sud uning parlamentni tarqatish haqidagi qarorini bekor qildi. Uning hukmron koalitsiyadan chiqishi keyingi ishonchsizlik votumida yutqazishiga zamin hozirladi.

Shu bilan Xon Pokistonning saylangan bosh vazirlari orasida o‘z muddatini to‘liq o‘tamaganlardan biriga aylandi.

XS
SM
MD
LG