Polsha poytaxti Varshavada O‘zbekistonda tug‘ilgan yigit Ukrainadan bo‘lgan o‘smirlarga pichoq bilan hujum qilgan.
Wyborcza nashri xabariga ko‘ra, hodisa Varshavadagi o‘rmon-park hududida ro‘y bergan. Qayd etilishicha, 26 yoshli gumonlanuvchi hujum chog‘ida ukrainalik 15 yashar o‘smirlarga shikast yetkazgan.
Ismi oshkor qilinmayotgan gumonlanuvchi tomonidan qo‘llari va qornidan yaralangan ikki o‘smir kasalxonaga yetkazilgan. Bu haqda nashrga ma’lum qilgan mahalliy politsiyachi ayni paytda ularning ahvoli qandayligi xususida ma’lumotga ega emasligini bildirgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari hujumchini hibsga olishgan. Ayni paytda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.