Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:05

Poyezd bilan to‘qnashuvda Damas haydovchisi halok bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Namangan viloyatida ro‘y bergan poyezd va avtomobil to‘qnashuvi oqibatida 63 yoshli haydovchi halok bo‘ldi.

Fojia 9-noyabr kuni ertalab Uychi – Chortoq temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 118-kilometridagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida ro‘y bergan, deya ma’lum qildi viloyat IIB YHXB.

Yo‘l harakati xavfsizligi idorasi versiyasiga ko‘ra, 1961-yilda tug‘ilgan haydovchi Damas rusumli avtomashinani boshqarib, “To‘xtash” ishorasi belgisiga amal qilmay temiryo‘lda harakatlanib kelayotan teplovozning yuk vagoniga urilgan. Oqibatda u og‘ir jarohatlanib voqea joyida vafot etgan.

Elektrovoz mashinisti tezkorlik bilan shoshilinch tormozni bosgan, ammo to‘qnashuvning oldini olish iloji bo‘lmagan”, deya vaziyatga oydinlik kiritgan “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Namangan viloyatida bundan 6 yil avval ham Damas va poyezd to‘qnashuvi ro‘y bergandi.

2018-yil 8-oktyabr kuni Pop tumani Uyg‘ur qishlog‘i hududida joylashgan qo‘riqlanadigan temiryo‘l kesishmasida ro‘y bergan to‘qnashuvda yengil avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilardan 2 nafari halok bo‘lgan, 5 nafari esa og‘ir jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.

XS
SM
MD
LG