Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:31

Prigojining uchog‘i qulab tushdi. Yo‘lovchilar ro‘yxatida uning o‘zi ham bo‘lgan


Yevgeniy Prigojin.
Yevgeniy Prigojin.

Rossiyaning Tver viloyatida "Vagner" rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli biznes-jet qulab tushdi. Xabarlarga ko‘ra, uchoq bortidagi 10 kishining hammasi halok bo‘lgan. "Rosaviatsiya" yo‘lovchilar ro‘yxatida Yevgeniy Prigojin ismi va familiyasi ham bo‘lganini ma’lum qildi. Halokat sababi noma’lum.

“Bugun kechki payt Tver viloyatida yuz bergan Embraer uchog‘i halokati bo‘yicha tekshiruv boshlandi. Yo‘lovchilar ro‘yxatida Yevgeniy Prigojin ismi va familiyasi ham bor”, deya "Rosaviatsiya"dan iqtibos keltirdi 23 avgust kuni TASS agentligi.

Qator Telegram-kanallarning xabar berishicha uchoq bortida "Vagner" qo‘mondonlaridan Dmitriy Utkin ham bo‘lgan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, Tver viloyatida Moskvadan Sankt-Peterburgga parvoz qilgan xususiy uchoq halokatga uchragan.

RIA "Novosti" agentligi favqulodda xizmatlarga iqtibosan 8 kishining jasadlari topilganini xabar qildi, ularning shaxsi aniqlangan yoki yo‘qligi ma’lum emas.

"Baza" va Mash Telegram-kanallari uchoq halokati aks etgan videoni e’lon qildi. Ulardan birida uchoq havoda portlaganini ko‘rish mumkin.

Uchoq nima sababdan halokatga uchragani borasida rasmiy izoh yo‘q. Hodisa yuzasidan tergov boshlangani xabar qilinmoqda. Jinoyat ishi Rossiya JKning "havo transporti harakati va ekspluatatsiyasi xavfsizlik qoidalarining buzilishi" bandi bo‘yicha ochilgan.

Prigojinga qarashli tuzilmalar hozircha rasmiy sharh bergani yo‘q. Rossiya OAVlari Prigojinning atrofidagilar u bilan bog‘lana olmayotgani haqida yozmoqda. Uning uchoq bortida bo‘lgani hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

“Tver viloyatining Kujenkino aholi punkti yaqinida Moskva-Sankt Peterburg parvozini amalga oshirayotgan Embraer Legacy xususiy uchog‘i qulab tushdi”, deyiladi rasmiy xabarda.


“Vagner” xususiy harbiy shirkatiga yaqin Grey Zone Telegram-kanali registratsiya raqami RA – 02795 bo‘lgan “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli “Embraer Legacy 600” uchog‘i Tver viloyatining Bologovsk tumanida havodan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgani haqida yozdi.

Пригожин қўшинларини ортга қайтарди. Исён хроникаси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:30 0:00

Bayden: Uchoq halokati ajablanarli emas

AQSH prezidenti Jo Bayden Rosiyadagi uchoq halokatidan ajablanmaganini aytdi.

Nevada shtatida jurnalistlarning “Halokat uchun Putin mas’ul deb o‘ylaysizmi?” degan savoliga Bayden “Rossiyada Putinning ishtirokisiz sodir bo‘ladigan hodisalar unchalik ko‘p emas” deya javob berdi.


Oq uyning ma’muriyatining milliy xavfsizlik bo‘yicha vakili Adrien Uotson yaqinda yuz bergan isyon nazarda tutilsa, «Vagner» rahbarining ehtimoliy o‘limi hech kimni hayratga solmasligini aytdi.

«Biz uning uchog‘i qulab tushgani haqidagi dastlabki xabarlarni ko‘rdik. Agar Prigojinning o‘lgani haqidagi xabarlar tasdiqlansa, bu hech kim uchun ajablanarli bo‘lmaydi», deb aytdi Oq uy vakili.

Britaniya hukumati «vaziyatni yaqindan kuzatayotgani»ni aytgan.

XS
SM
MD
LG