Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 15:55

Putin davrida Rossiya o‘ziga do‘st rejimlar va geosiyosiy maqsadlarga $609 mlrd sarflagan


Rossiya Suriyada Bashar Assad rejimini dastaklab keladi. Prezident Putin va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Damashqdagi Rossiya kuchlari bosh qarorgohida - 7 - yanvar, 2020
Rossiya Suriyada Bashar Assad rejimini dastaklab keladi. Prezident Putin va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Damashqdagi Rossiya kuchlari bosh qarorgohida - 7 - yanvar, 2020

So‘nggi 20 yil ichida Rossiya hukumati boshqa davlatlardagi do‘stona rejimlarni qo‘llab-quvvatlashga davlat byudjetidan 609 milliard dollar ajratgan. Bir trillion dollarga yaqin mablag‘ esa ofshorlarga chiqarib yuborilgan, deb yozadi “Novaya gazeta”, ochiq manbalar hamda rossiyalik amaldorlardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda.

Hukumat 224 milliard dollarni «Shimoliy oqim – 2» yoki «Turk oqimi» kabi energetika loyihalariga sarflagan. Ekspertlarning «Novaya gazeta»ga aytishicha, bu loyihalar o‘zini oqlamasligi mumkin, chunki ular «siyosiy manfaatlardan» kelib chiqib ishga tushirilmoqda. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larning asosiy qismi pudratchilarning «karmoniga» ketgan. Moskvaning o‘zi “Shimoliy oqim – 2” orqali Yevropa Ittifoqiga siyosiy ta’sir o‘tkazishga intilayotganini rad etib, ushbu gaz quvurlari faqatgina iqtisodiy loyiha ekanligini ta’kidlaydi.

Shuningdek, Rossiya so‘nggi 20 yil ichida 116 milliard dollarlik qarzlardan kechib yuborgan. Shulardan 20 milliardi – Afrika mamlakatlariga, 12 milliardi – Eronga, 11 milliardi – Shimoliy Koreyaga to‘g‘ri keladi.

«Novaya gazeta» jurnalistlarining hisob-kitobiga ko‘ra, Rossiya hukumati 20 yilda geosiyosatga sarflagan mablag‘lar evaziga Rossiyada 15 ming yangi shifoxona qurish yoki har bir voyagay etgan rossiyalikning jamg‘arma hisobiga 400 ming rubldan o‘tkazib berish mumkin edi.

XS
SM
MD
LG