Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokda o‘tayotgan Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida Fransiyada jinoiy ta’qib ostiga tushgan Telegram asoschisi Pavel Durov bilan “ko‘p yillar avval” Kremlda tadbirkorlar bilan muloqot chog‘ida uchrashganini aytdi.
Putinga ko‘ra, o‘zining yaqindagi Bokuga safari chog‘ida u Durov bilan uchrashmagan. Bunday uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqidagi taxminlar avvalroq bir qator sharhlovchilar tomonidan aytilgan – Durov Putin bilan bir vaqtda Ozarbayjonda bo‘lgan edi.
Rossiya prezidenti: “Men Durov Moskvada yashaydi, deb o‘ylardim”, deb aytgan, vaholanki Telegram asoschisi 2014-yildayoq Rossiyani tark etgan (“Vajniye istorii” nashri avvalroq FSBdan sizdirilgan ma’lumotlar asosida Durov o‘shandan buyon Rossiyaga bir necha marta kelgani haqida yozgan), bungacha esa u Peterburgda istiqomat qilar edi.
Putin Durovga qarshi ochilgan jinoyat ishini “ajratib olingan” deb atab, rossiyalik rasmiylarning Telegram asoschisiga e’tirozi yo‘qligini qayd etgan.
Kreml saytidagi xabarlar arxivida Pavel Durov Putin bilan biror uchrashuvda ishtirok etganiga oid ma’lumot yo‘q. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq Rossiya prezidenti Durov bilan “hech qachon” uchrashmaganini aytgan edi.