Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:44

Putin inauguratsiyasi ortidan Rossiyada hukumat tarqatildi


Vladimir Putin (o‘rtada) amaldagi bosh vazir Mixail Mishustin (chavdan ikkinchi), sobiq bosh vazir Dmitriy Medvedev (chapda) va mudofaa vaziri Sergey Shoygu (chapdan to‘rtinchi) bilan
Vladimir Putin (o‘rtada) amaldagi bosh vazir Mixail Mishustin (chavdan ikkinchi), sobiq bosh vazir Dmitriy Medvedev (chapda) va mudofaa vaziri Sergey Shoygu (chapdan to‘rtinchi) bilan

Yettinchi may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Vladimir Putinni Rossiya prezidenti o‘laroq qasamyodga keltirish marosimi ortidan hukumat iste’foga ketdi. Amaldagi vazirlar hukumatning yangi tarkibi tayinlanguniga qadar vazifasini bajaruvchi maqomida ishlab turishadi. Inauguratsiya marosimi o‘tishi bilan prezident ma’muriyatining ham vakolatlari o‘z-o‘zidan tugagan hisoblanadi.

Yangi bosh vazir nomzodini Vladimir Putin 7-may kuniyoq kiritishi mumkin, deya ma’lum qilgan inauguratsiya oldidan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov. 2018-yili Putin hukumat rahbari nomzodini prezidentlik lavozimiga kirishganidan bir soat o‘tib kiritgan edi.

Rossiya nashrlarining manbalari Putin bosh vazirni almashtirmaydi, deya taxmin qilmoqdalar. Ularga ko‘ra, Mixail Mishustin nomzodi yaqin kunlar ichida — 8 yoki 10-may kuni tasdiqlanishi mumkin, deya yozishgan “Kommersant’” va “Meduza” nashrlari.

XS
SM
MD
LG