Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Putin: Rossiya qo‘shinlari Ukrainadan hech qachon olib chiqilmaydi


Vladimir Putin
Vladimir Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya va Vetnam safarlari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida chiqish qilar ekan, Ukrainadagi urushga oid bir necha bayonot berdi.

Xususan, Putin Rossiya qo‘shinlarining, Ukraina talab qilayotganidek, ishg‘ol etilgan hududlardan olib chiqib ketilishi “aftidan, hech qachon ro‘y bermaydi”, degan. Unga ko‘ra, g‘arb mamlakatlari siyosatchilarining Rossiyani “jang maydonida strategik mag‘lubiyatga uchratish” istagi Kremlni faqatgina “oxirigacha borish”ga majbur qilishi mumkin, xolos.

“G‘arb mamlakatlari siyosatchilari bizning strategik mag‘lubiyatimizga erishishni xohlayotganlarini aytishmoqda, biroq Rossiya uchun bu o‘z davlatchiligining tugaganini anglatadi. Ahvol shunday bo‘lganidan keyin “nimadan qo‘rqishimiz kerak, oxirigacha borganimiz yaxshi emasmi?” degan masala ko‘ndalang bo‘ladi”, deya iqtibos keltirgan “Meduza” nashri Putin so‘zlaridan.

Rossiya prezidenti o‘z so‘zida hozirda muhtamal dushman tomonidan yadro quroli qo‘llanilganiga javobangina yadroviy qurol qo‘llashni ko‘zda tutgan mamlakat yadroviy doktrinasiga o‘zgartishlar kiritish ehtimoli haqida o‘ylayotganini ham bildirgan.

“Biroq doktrinada bizga preventiv zarba kerak emas, biz javob zarbasida ham dushmanni yo‘q qila olamiz”, deya o‘z so‘ziga aniqlik kiritgan Putin.

XS
SM
MD
LG