Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:32

Putinni dastaklagan “jodugar” ayol ekstremizmda ayblanmoqda


Alyona Polin (Yelena Sulikova)
Alyona Polin (Yelena Sulikova)

Rossiya Tergov qo‘mitasi “Ekstrasenslar jangi” ko‘rsatuvi ishtirokchisi, “Eng kuchli jodugar ayollar imperiyasi” tashkiloti rahbari Alyona Polinga (Yelena Sulikova) nisbatan RF Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismi “a” bandi (ekstremizm) va 148-moddasi 1-qismi (dindorlar his-tuyg‘ularini tahqirlash) bo‘yicha ayblov e’lon qildi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha boshqarmasi xabarnomasida aytilgan.

Ayblanuvchi 2020-yilning yanvaridan 2023-yil dekabrigacha Rus pravoslav cherkovi ruhoniylariga nisbatan zo‘ravonlik chaqiriqlarini o‘z ichiga olgan ekstremistik adabiyotni sotish va tarqatish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, u Internet tarmog‘idagi kanallardan birida dindorlarning his-tuyg‘ularini toptovchi fikrlar aks etgan videoni yoyinlagan”, deyilgan boshqarma xabarnomasida.

Qayd etilishicha, ayol yashagan xonadonda tintuv o‘tkazilib, undan kitoblar va texnika musodara qilingan. Tergov qo‘mitasi e’lon qilingan ayblov bo‘yicha Polinning hibsga olinishini so‘ramoqda.

Alyona Polin 2015-yilda “Eng kuchli ayollar imperiyasi” tashkilotiga rahbar bo‘lgan edi. Tashkilot 2019-yilda Rossiya davlati va prezident Vladimir Putinni qo‘llash maqsadida “Mashg‘ulotdan tashqari jodu davrasi” deb nomlangan maxsus marosimni o‘tkazgani ortidan tanilib ketgan edi.

TNT telekanali orqali yoyinlangan “Ekstrasenslar jangi” shousi ishtirokchisi bo‘lgan Polin o‘zini “jodugar ayol” deb ataydi va sehr-jodu qobiliyati unga buvisidan o‘tganini iddao qilib keladi.

XS
SM
MD
LG