Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:35

Putinning maslahatchisi "rus tili ona tili bo‘lmaganlarga Rossiya vatanmas" dedi. Munosabat


Rossiya, migrantlar. Kollaj
Rossiya, migrantlar. Kollaj

Yaqinda Rossiyada til siyosati sohasida yangi maslahat organi tuzildi. Yangi kengash tuzilganidan ikki hafta o‘tib uning raisi Yelena Yampolskaya “rus tili Rossiyaning barcha fuqarolari uchun yagona ona tili bo‘lmog‘i kerak”, degan iddao bilan chiqdi.

Ozodlikning “Idel.Realii” loyihasi Kengash vazifalari bilan tanishib, Yampolskayaning so‘zlarini Rossiya tub xalqlarining etnik faollari bilan birga muhokama qildi.

22-avgustda Vladimir Putin RF prezidenti huzurida Rus tilini va Rossiya xalqlari tillarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha kengash tuzish to‘g‘risida farmon imzoladi.

Farmonda yangi organning birlamchi vazifasi “prezidentga rus tili va Rossiya xalqlarining tillarini asrash, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari va mexanizmlarini belgilashga doir takliflar kiritish” ekani qayd etilgan. Keyin esa “rus tilini jahonda targ‘ib qilish va rus tili maqomini mustahkamlash” haqida so‘z boradi. Boshqa tillar bo‘yicha bunaqa band yo‘q, demak, tashqi siyosiy rol faqat rus tiliga berilmoqda.

Kengash takliflar tayyorlashdan tashqari, federal, regional va munitsipal hokimiyat organlari, madaniyat va ta’lim muassasalari hamda jamoat tashkilotlarining ayni masalalar (“rus tili va Rossiya xalqlarining tillarini asrash, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash”) bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Путин: Мигрантлар болаларининг мактабларда кўпайиши-катта муаммо!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:36 0:00

Kengash vazifalari ro‘yxatining uchinchi va so‘nggi bandida dunyoda rus tili maqomini mustahkamlash maqsadi takrorlanib, so‘ngra “rus tilining qo‘llanish jo‘g‘rofiyasi va sohalarini kengaytirish” hamda “xorijdagi rusiyzabon hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash” ko‘rsatilgan.

Farmon Kengashga barcha darajadagi hokimiyat idoralaridan “zarur materiallar”ni so‘rab olish, hukumatning ma’lumotlar banklaridan foydalanish, o‘z yig‘ilishlariga mansabdor shaxslarni taklif qilish va o‘z vakillarini davlat organlarining kengash-maslahat tadbirlariga yo‘llash vakolatlarini beradi.

Ayni farmon bilan Putin yangi tuzilma tarkibini tasdiqladi. Rais lavozimiga uning maslahatchisi, Tataristondan saylangan Duma deputati va “Yedinaya Rossiya” a’zosi Yelena Yampolskaya tayinlangan bo‘lsa, “Rodnoye slovo” tashkiloti rahbari Konstantin Derevyanko – o‘rinbosar, Rossiyaning Erondagi elchixonasi qoshidagi maktabning rus tili muallimi Oleg Yankovskiy Kengash kotibi etib belgilandi.

Kengashning oddiy a’zolari orasida aktyor Sergey Bezrukov, ITAR-TASS bosh direktori Andrey Kondrashov, bir necha teatr, muzey, kutubxona va nashriyot mudirlari, universitetlar huzuridagi rus tili institutlari rahbarlari, shuningdek “Rus dunyosi maktab kutubxonachilari assotsiatsiyasi” prezidenti Tatyana Jukovalar bor. Bundan tashqari, Kengashga Ukrainaning Rossiya bosib olgan hududlaridan ham a’zolar olingan, ular: Melitopoldagi maktab direktori Nina Voronina, Qrimdagi institutlardan birining rektori Aleksandr Rudyakov hamda Donetsk universitetining filologiya fakulteti dotsenti Natalya Yaroshenko.

Yelena Yampolskaya
Yelena Yampolskaya

Kengashning salkam 50 a’zosidan atigi uch nafari milliy respublikalarni va tub xalqlar tillarini tamsil qiladi, bular: Qozon universitetining tatar va rus tillarida bilingval ta’lim bo‘yicha mutaxassisi Radif Zamaletdinov, boshqird yozuvchisi Kamil Ziganshin hamda Checheniston Milliy kutubxonasi direktori Satsita Isroilova.

Kengash tuzilganidan bir necha kun o‘tishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalar boshlandi. Bunga Kengash raisi Yelena Yampolskaya, aniqrog‘i u o‘z telegram-kanalida yozgan ushbu post sabab bo‘ldi: “Rus tili – ona tili demakdir. Nazarimda, rus tili bilan ona tilini ayro ko‘rishga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Rus tili ona tili emas ekan, Rossiya Vatan emas”.

“Idel.Realii” Rossiyada yashovchi turli xalqlarning milliy faollariga murojaat qilib, ulardan yangi kengash tuzilgani haqidagi xabarni va Yampolskayaning “rus tili – ona tili demak” va “rus tili ona tili bo‘lmasa, Rossiya Vatan emas” so‘zlarini izohlashni iltimos qildi.

Farit Zakiyev, tatar faoli:

– Tub xalqlarga nisbatan davlat siyosati haqida ro‘y-rost gapirgani uchun Yampolskayadan minnatdorman. Ushbu siyosat majburiy assimilyatsiya va ruslashtirishni ko‘zlaydi. Galdagi qadam – milliy respublikalarni tugatish bo‘ladi. Ona tilini bilmaydigan va milliy o‘ziga xosligini yo‘qotgan odamlar milliy davlatchilik barham topishiga ham loqayd qaraydilar. Umid qilamanki, bunaqa ochiq bayonotlardan so‘ng biz faqat mustaqil davlatlardagina o‘z tilimiz va xalqlarimizni saqlab qola olishimizga hech kimda shubha qolmayajak.

Sires Bolyayen, erzya faoli:

– Moksha xalqi farzandi Makar Shukshin 1933-yilda “troyka” qarori bilan amakilari Ignatiy va Mixailga qo‘shib otib tashlangan edi. Samara guberniyasida yashagan bu odamlar moksha bo‘lsa-da, ish materiallarida “ruslar” deb qayd qilingan. Marhumning o‘g‘li, yozuvchi Vasiliy Makarovich Shukshin barcha ruslardan ham “rusroq” bo‘lib chiqqani va faqat rus tilida yozgani sabablaridan biri shu, menimcha. Uning “Mot qildi” nomli hikoyasi yodingizdami?

Bugungi Rossiya jamiyati menga hikoya qahramonining hamqishloqlarini, Gleb Kapustin fan nomzodi Konstantin Juravlyovni “o‘tqizib qo‘yganida” xursand bo‘lgan o‘sha olomonni eslatadi. Bu NKVD, KGB va ularning merosxo‘rlari “faoliyati”ning mevasidir.

Россияда мигрантлар ҳуқуқларини кескин чекловчи қонун қабул қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:25 0:00

Til siyosati bo‘yicha kengash raisi Yelena Yampolskaya – Gleb Kapustinning o‘zginasi. Uning da’vosini inkor qilishdan ma’no yo‘q. Chunki bu juda “ruscha” da’vo: fitna ham bor, yakkashlik ham, tahdid ham.

Ochig‘i, Rossiyada g‘ayrirus tillarning hech qanday maqomi yo‘q. Ular maktab o‘quv dasturidagi “Pravoslav madaniyati asoslari” bilan “Sayyoramizdagi hayot muhitlari” fanlari orasidagi bir variativ qism, xolos. Bir yilda 17 soat o‘tiladi bor-yo‘g‘i. RF otalari ta’biri bilan aytganda, Kengash tuzilishi – bizning tillarimiz, demakki, xalqlarimiz boshiga qarata otilgan nazorat o‘qdir.

Daavr Dorjin, qalmiq faoli:

– Bunaqa iddaolar hududiy o‘zlikka dushman ko‘zi bilan qarovchi boshliqlarning ko‘nglini olish uchun aytiladi. Federal hukumat va hukumat tepasidagi rus millatchilaridan farqli o‘laroq, men rus tilidan foydalanish masalasiga xotirjam qarayman.

Ammo rus tilini ona tilim deya olmayman, chunki rostdan ham bunday emas. Umuman, aksar g‘ayrirus oilalarning rus tilidan boshqa tilda so‘zlashishi tabiiy. Rus millatchilarining bunaqa sapchishlari esa menga Fransisko Frankoni va uning katalan tiliga qarshi kurashini eslatmoqda. Frankoni bugun it ham eslamaydi, katalan tili esa yashashda va rivojlanishda davom etyapti.

Dorjo Dugarov, buryat faoli:

– Buryatlarning ona tili buryat tili ekan, vatanimiz ham Rossiya emas, Buryatiyadir. O‘z taqdirini o‘zi belgilashga haqli buryat xalqining uni asrlar bo‘yi kamsitib kelayotgan Rossiya natsistik rejimiga javobi shu. Buryatiya – Rossiya emas, rus tili ham biz uchun ona tili bo‘lolmaydi.

Ruslan Gabbasov, boshqird faoli:

– Yampolskayaning so‘zlari Putin rejimining bugungi siyosatiga juda ham mos keladi. Zero, Putin boshqaruvining ilk pallasidan Rossiya xalqlarining huquqlariga muttasil tajovuzlar boshlangan va tillarni yo‘q qilish ushbu jarayonda muhim o‘rin tutadi.

Esingizda bo‘lsa, 2007-yilda Kreml hududiy-milliy komponentni bekor qilgach milliy respublikalar Moskvaning ruxsatisiz tarix, madaniyat, adabiyot, tabiatshunoslik bo‘yicha o‘z darsliklarini nashr qilish huquqidan mahrum bo‘lgandi. 2009-yilda yagona davlat imtihoni (YDI – YGE)ni faqat rus tilida topshirish mumkinligiga doir farmon chiqishi yanada jiddiy zarba bo‘ldi.

Shundan so‘ng Boshqirdistondagi boshqird, tatar, chuvash va boshqa tilli maktablarni rus tiliga o‘tkazishdi. 5-sinfgacha boshqird tilida o‘qitiladigan maktablar qolgan, ammo barcha “jiddiy” fanlar rus tiliga o‘tkazilgan. 15-20 yilgina oldin fizika, kimyo, algebra, geometriya va informatika kabi fanlar boshqird tilida bo‘lardi. Tayyorlangan o‘qituvchilar bor edi, fakultetlarda esa yangilari yetishib turardi. Hozir bularning hech biri yo‘q.

Navbatdagi zarba 2017-yilda berildi: Putin chiqib: “Ona tilini o‘rganish ixtiyoriy bo‘lishi kerak”, dedi. Buning ortidan ko‘plab boshqird maktablarini, boshqird tili o‘qituvchilarini qisqartirib tashlashdi. 2007- yilda respublikada boshqird tilida ta’lim beruvchi 777 ta maktab bor edi, 2019-yilda ular atigi 212 ta qoldi. Rossiyada g‘ayrirus xalqlar ongli ravishda yo‘q qilinmoqda, boshqacha aytganda, lingvotsid jarayoni ketmoqda.

Озодлик фильми: Марказий осиёлик мигрантлар нега Россияда “террорчи”га айланмоқда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:30 0:00

Aida Abdraxmanova, tatar faoli:

– Absurd farmon va absurd organ. Albert Razin o‘ziga o‘t qo‘yganiga besh yil to‘lgan ushbu kunlarda bu o‘taketgan surbetlikdir (2019-yil 10-sentyabr kuni Udmurtiston Davlat kengashi binosi oldida udmurt olimi Albert Razin o‘ziga o‘t qo‘ygan edi. Uning yonidan udmurt xalqi va tilini qutqarish talab qilingan transparantlar topilgan – tahr.). G‘ayrirus xalqlar tillarini to yo‘q bo‘lib ketgunicha “qo‘llab-quvvatlash” emas, balki chindan asrash va rivojlantirish lozim. Buning uchun yangi kengashlar tuzishga aslo zarurat yo‘q, boshlanishiga – maktablarda ona tilini majburiy o‘qitishni bekor qilgan qonunning o‘zi bekor qilinsa kifoya. 2018-yilda chiqqan bu qonun ruslashtirishni avj oldirib, til tashuvchilari sonini qisqartirish orqali etnoslarga zarba bermoqda.

Aks holda, nima, Putin Rossiya tillarini o‘zining ularni yo‘q qilishga qaratilgan siyosatidan “qutqarish”ga chog‘lanyaptimi? Moskva siyosatiga ko‘ra, rus tili bu davlat hosil qiluvchi til va millatlararo muloqot tili, Rossiyada boshqa hech qanaqa til yo‘q. Putin butun prezidentlik muddatlari davomida g‘ayrirus xalqlarni “russkiy mir”ga qo‘shib yuborish, milliy xosligimizni yo‘q qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Ammo bir narsadan xursandman: Kengashni tuzganlar “rus tilini ona tili deb bilmaydiganlar Rossiyani vatan deb hisoblamasligini tushunishadi. Demak, mustamlakachilikni bekor qilish haqidagi narrativlar Rossiya ichidagi mulozimlar apparatiga beixtiyor ta’sir qila boshlagan.

Donisi Chovganon, moksha faoli:

– Ushbu bayonot Rossiyaning barcha tub xalqlarini “o‘choqqa qalanadigan o‘tin” deb biluvchi qonxo‘r Kreml rejimining asl basharasini ochadi. Mokshalarni Moskvaga hududiy yaqin bo‘lgani uchun ruslashtirish oson: faqat “rus olami” mansublariga o‘z eshiklarini ochadigan va sotsial liftlarga kirgizadigan “imperiyaning buyukligi” haqidagi gaplar o‘sib kelayotgan avlod miyasiga quyiladi, vassalom.

Shu tariqa biz har yili yuzlab, minglab qardoshlarimizdan ayrilyapmiz. Ular o‘zlarini avval “mordva” deb yozdirishyapti, vaqt o‘tishi bilan o‘zlari, bolalari va nabiralari “top-toza rus” bo‘lib olishyapti. FSBning malayi, “jubba kiygan iblislari” bugun “muqaddas urush”ga targ‘ib qilayotgan Rus pravoslav cherkovi ham vaziyatni og‘irlashtirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bunaqa sharoitda Mordoviya maktablarida moksha tili va adabiyotini o‘rganish minimumga tushganiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bular bari bolalar bir qarichligidan ildizini unutishlari uchun qilinmoqda.

Патриарх Кирилл яна муҳожирларга қарши гапирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:13 0:00

2019-yilning yanvarida Yevropa Kengashi Milliy ozchiliklarni himoya qilish bo‘yicha hadli konvensiyasining maslahat qo‘mitasi Rossiyani milliy siyosati uchun tanqid qilgan edi. Ekspertlar “rus tilining ustunligi tobora ortayotgani holda milliy ozchiliklarning tillari samarali qo‘llab-quvvatlanmayotgani”dan xavotir bildirishgan.

Ushbu manzarada 2020-yilda Rossiya Konstitutsiyasiga rus tili Rossiyaning davlattuzar xalqi tili ekani haqidagi qoida kiritildi. Ekspertlarga ko‘ra, Putin taklif qilgan mazkur tuzatish rus tilining hukmronlik maqomini va rus milliy o‘ziga xosligini qonunlashtirgan va mustahkamlaganki, bu Rossiyaning boshqa tub xalqlarini ruslashtirish va majburiy assimilyatsiya qilishni faqat tezlashtiradi. Ushbu tuzatish faollar tomonidan bir necha bor keskin tanqid qilingan.

Avvalroq YXHTning Milliy ozchiliklar ishlari bo‘yicha oliy komissari Lamberto Zaner Tataristonda tatar tili davlat tili ekaniga qaramay, respublikada ushbu tilni o‘rganish, unda ma’lumot olish imkoniyatlari juda cheklanganini aytgan edi. Xalqaro mulozimga ko‘ra, Tataristonda YDI faqat rus tilida topshirilishi uni hayratga solgan.

2019-yilning mart oyida Irqchilik va toqatsizlikka qarshi Yevropa komissiyasining hisoboti e’lon qilindi. Hujjatda Rossiya, jumladan, irqchilik holatlari va musulmonlarni siyosiy sabablarga ko‘ra uzoq muddatlarga qamash tez-tez uchrayotgani uchun tanqid ostiga olingan.

XS
SM
MD
LG