Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:03

Qarshiliklar o‘ziniki deb bilgan bog‘ni hokimdan himoya qilish uchun benzin ko‘tarib chiqdi


Qarshiliklar yuborgan video skrinshoti
Qarshiliklar yuborgan video skrinshoti

Joriy yilning 27 - noyabrida Qarshi shahrining Buyuk Turon mahallasidagi o‘nlab yashovchi o‘zlari 27 yil mobaynida yaratganini aytgan bog‘dagi mevali daraxtlarning kesilishi va bog‘ maydonini tadbirkorlarga berish rejasiga qarshi norozilikka chiqdi. Norozilar bilan muloqot qilish uchun voqea joyiga IIB¸ prokuratura¸ Milliy gvardiya va Qarshi shahar hokimligi vakillari ham kelgan.

Ozodlik tasarrufidagi videoda bog‘ o‘rtasidan o‘tgan yo‘lda IIB xodimlari qurshovida baqir - chaqir qilayotgan o‘nlab ayol va erkakni ko‘rish mumkin.

Videoda asosan ayollar faryodi eshitiladi. “Bir daraxtni o‘pirib ko‘r! O‘zingni o‘piraman”, “O‘zimga o‘t qo‘yaman. Shu bog‘ boqyapti¸ meni erim o‘lib ketgan” degan qichqiriqlar eshitiladi.

Hokimiyat vakili 30 mingdan oz, aholi vakillari esa 80 ming tup mevali daraxt borligini aytgan bu bog‘ Qarshi shahar hokimi qarori bilan kesilib, o‘rni tadbirkorlarga korxona qurish uchun berilmoqda. Shu bog‘ ortidan kun ko‘rayotganini aytgan aholi hokimiyat rejasidan norozi.

“Bog‘ni bizga Karimov bovo bergan edi”

Ozodlik bog‘ qaysi mahalliy tadbirkorga berilgani haqidagi hujjatni ko‘rgani yo‘q. Ayni paytda bog‘ning Buyuk Turon mahallasi yashovchilariga oidligini tasdiqlovchi rasmiy kadastr varaqasi ham mavjud emas.

“Bog‘ni bizga Karimov bovo bergan edi”, degan MFY faoli Ozodlikka hech qanday hujjat taqdim etmadi.

Bog‘ni kesishsa, "ustiga benzin quyib yoqvorish niyatida bir baklashka benzin olib chiqqani"ni aytgan mahalla turg‘uni Mashhura Sodiqova Ozodlik bilan suhbatda bu bog‘ butun bir mahallaning tirikchilik manbai ekanini aytadi:

“80 ming tup mevali daraxt bor. Oralariga sholg‘om va sabzi ekib olamiz. Bir tomonimiz depo, bir tarafimiz aeroport, yana bir tarafimiz Sho‘rtangaz. Shu holatda bizga nasiba beradigan ham, kislorod beradigan ham shu bog‘. Agar bu bog‘ni kesishsa, o‘zimga o‘t qo‘yaman, deb chiqdim. Nafaqat men, yana 20 ayol benzin ko‘tarib chiqdi. Milliy Gvardiyadan Suhrob degan yigit qo‘limni qayirib, benzin baklashkamni tortib oldi.”

Mashhura Sodiqovaning iddao qilishicha¸ yigirma ayol benzin ko‘tarib chiqqan va yana shu mahallada yashovchi 220 ta erkak chiqib, hokimiyat vakillarining bog‘ni kesishiga yo‘l qo‘ymagan.

Norozilik namoyishiga qo‘lida baklashka ko‘tarib chiqqanini aytgan mahalla turg‘unlari orasida 70 yashar Xosiyat Dadaboyeva ham bor edi.

Ozodlik norozilik yig‘inida qatnashgan mahalla yashovchilari Abduhakim Bahriyev¸ Alisher Jo‘rayev¸ Ilës Haydarovlar bilan ham suhbatlashdi.

29 yashar mahalla sartaroshi Ilyos Haydarov bu bog‘ kesilsa, katta haqsizlik bo‘lishini aytadi:

“29 yoshga kirdim. Shu bog‘ men bilan tengdosh. Esimni tanibmanki, shu bog‘ bor. Maktabni yonginasida bu bog‘. Ishdan kelib, shu bog‘da ko‘chatlar tagini chopaman. Olcha¸olma, nok, xullas, nima istasangiz bor. Kattalarning aytishicha, bu bog‘ to‘qsoninchi yillar qiyinchiligida mahallani boqib, ocharchilikdan qutqargan. Bugun ham mahallamiz shu bog‘ ortidan kun ko‘radi.”

Qarshiliklar o‘z bog‘ini himoya qilmoqda
Qarshiliklar o‘z bog‘ini himoya qilmoqda

Daraxtlar mahallaniki, yer davlatniki

Qarshi shahar hokimligi kapital qurilish bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi norozilarning aniq sonini bilmasligini aytdi va voqea yuzasidan tushuntirish berdi.

“Shu mahalla aholisi bu joyni 1992 - yilda samozaxvat qilib, o‘zlaricha bog‘ qilib olgan. Bog‘ xududi rasman davlatga qarashli. Mahalla ahlida bu yerni ijaraga olganlik yoki boshqa shaklda tasarruf qilish uchun hujjat yoki kadastr varaqasi yo‘q. O‘zbekiston prezidenting tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash haqidagi ko‘rsatmasi asosida bu hudud tadbirkorlarga ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun beriladi. Biz aholiga yon bosib, ekkan daraxtlaringizni kesib olinglar, dedik. Rasman - er davlatniki, aholi esa nohaq.”

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi vakili norozilik yuz bergan joyga borgan. O‘zini tanishtirmagan vakil Ozodlik bilan qisqa suhbatda “minglab daraxtlarni kesish mavjud qoidalarga zid” ekanini urg‘uladi.

Qarshiliklar o‘z bog‘ini himoya qilaëtgani aks etgan videodan kadr
Qarshiliklar o‘z bog‘ini himoya qilaëtgani aks etgan videodan kadr

Mol achchig‘i

O‘zbekiston Prezidentining 2019 - yil 20 fevraldagi "Obod qishloq" dasturiga ko‘ra, mamlakatda keng qamrovli buzish va qurish ishlari olib borilyapti.

Ozodlik bu qurilish ishlarida aholining shaxsiy mulki bo‘lgan daxlsizligi buzilayotgani, buzilgan ob’ektlarga etarli miqdorda tovon puli yoki joy berilmayotgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

Jumladan, 2019 - yilning 20 - iyulь kuni yakkabog‘lik tadbirkor do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosari ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan edi.

26 - iyul kuni kechasi Urganchda uyi buzilib, tovon puli ololmagan minglab odam norozilik bildirib avtomobil yo‘lini to‘sgan.

Yakkabog‘dagi hodisa ortidan prezident Mirziyoyev Qashqadaryo, shuningdek, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi buzish ishlarini tanqid qilgan, ammo ularni to‘xtatish emas, balki "xalqni rozi qilib buzish" haqida gapirgandi.

XS
SM
MD
LG