Линклар

Шошилинч хабар
28 декабр 2024, Тошкент вақти: 03:07

Qashqadaryoda bu safar homilador o‘qituvchi kaltaklandi


Qashqadaryolik muallim Lobar Ergasheva o‘z o‘quvchisining qarindoshlari tarafidan kaltaklanganini da’vo qilmoqda.
Qashqadaryolik muallim Lobar Ergasheva o‘z o‘quvchisining qarindoshlari tarafidan kaltaklanganini da’vo qilmoqda.

Qashqadaryo viloyati huquq-tartibot idoralari Kasbi tumanida maktab muallimining o‘quvchisi qarindoshlari tarafidan kaltaklangani voqeasini o‘rganmoqda.

Kasbidagi 50-son maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Lobar Ergasheva o‘quvchisiga dakki bergani uchun uning qarindoshlari tomonidan kaltaklanganini da’vo qilmoqda.

Voqea 26 - aprel kuni bo‘lgan.

Ergasheva bo‘lgan voqeani Ozodlikka so‘zlab berdi.

"O‘sha kuni 2B -sinfida darsim bor edi. Dars boshlanganidan 10 minut o‘tar-o‘tmas orqa partada shovqin-suron boshlandi, o‘quvchilar tomonidan. Keyin ularni odobga chaqirish uchun tanbeh berdim. Ular gapimga quloq solmay, yana shovqin qilaverdi. Darsni bir amallab tugatdik. Keyin 1 -sinfdagilarga dars berayotsam onasi keldi. U meni hamkasbim, o‘qituvchi. Meni bolamga nega tanbeh berding, ikki shapaloq urding, deb tuhmat qilib ketdi, 1- sinf o‘quvchilarini oldida homilador bo‘lishimga qaramay meni urib ketdi, - deydi Ergasheva.

Shifokorlar kaltaklanganini da’vo qilayotgan o‘qituvchi homilasiga xavf tug‘diruvchi belgilar yo‘qligini aytishmoqda.

"Qo‘llarida ko‘kargan izlar bor, lekin homilasiga jiddiy bir xavf ko‘rmadik", - dedi Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori.

Qashqadaryolik muallim Lobar Ergasheva o‘z o‘quvchisining qarindoshlari tarafidan kaltaklanganini da’vo qilmoqda.
Qashqadaryolik muallim Lobar Ergasheva o‘z o‘quvchisining qarindoshlari tarafidan kaltaklanganini da’vo qilmoqda.

Kasbi tumanidagi 50-son maktabi direktori Olimjon Nurillayev shunday voqea bo‘lganini Ozodlikka tasdiqladi.

"Xozir bu bo‘yicha surishtiruv ketyapti, lekin o‘qituvchi ham bolaga ikki shapaloq tortgan ekan, janjal shundan chiqqan", - dedi Nurillayev.

Ammo, Lobar Ergasheva o‘quvchisiga shapaloq tortmaganini aytmoqda.

Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Javohir Ro‘ziye

v ro‘y bergan xolat viloyat huquq-tartibot idoralari tarafidan o‘rganilayotganini aytdi.

"Kasbi tumanidagi 50-son va bundan oldin Chiroqchidagi 134-son maktabida ro‘y bergan holatlar achinarli albatta. Lekin, huquq-tartibot idoralari bunga baho beradi. Hozir surishtiruv olib borilyapti", - dedi Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i.

Bu Qashqadaryoda o‘qituvchining o‘z o‘quvchisi qarindoshlari tarafidan kaltaklanishi bilan bog‘liq bir oy ichidagi ikkinchi holat.

Shu oy o‘rtalarida Chiroqchi tumanida ingliz tili o‘qituvchisi o‘z o‘quvchisiga 2 baho qo‘ygani uchun kaltaklangandi.

Chiroqchidagi voqeaga Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi e’tibor qaratib, o‘qituvchilar faoliyatiga noqonuniy aralashuv jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirgan edi.

Mazkur xolat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgach, vazirlik alohida bildirish e’lon qilib, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga bu kabi noqonuniy aralashuvlar jazosiz qolmasligini ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG