Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Qashqadaryoda uch nafar bloger qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi hukmi bilan 18-iyul kuni bloger Nargiza Keldiyorova 6 yil 6 oyga, bloger Dildora Hakimova 6 yil 2 oyga va bloger Shukrullo Parpiyev 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shuningdek, blogerlarga jinoiy sheriklikda ayblangan yana 4 nafar fuqaroning har biri 5 yilga ozodlikdan cheklash bilan jazolandi. Bu haqda Ozodlikka sudda ishtirok etgan advokatlardan biri ma’lum qildi.

Blogerlar O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasida (Tovlamachilik) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.

Bundan tashqari, bloger Nargiza Keldiyorovaga Jinoyat kodeksining 155-moddasi (Terrorizm) va 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Respublikasi prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, Keldiyorova xususan Qozog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar haqida ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirib, uni qo‘llab-quvvatlagan va bu bilan qonunchilikdagi terrorizm jinoyatini sodir etgan.

Blogerlarga nisbatan sud tomonidan belgilangan jazo muddatlari umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘talishi bildirilgan.

XS
SM
MD
LG