Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:29

Qashqadaryodagi koloniyada mahkum tok urishi oqibatida vafot etdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida joylashgan 33-sonli manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum tok urishi oqibatida vafot etgan.

Marhum qilgan jinoyati uchun Muborak tumanidagi 33-sonli manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgandi. Bir oz avvalroq uni tok urgan. Shundan so‘ng shifoxonaga olib borishgan. U yerda mahkumda OITS ham borligi ma’lum bo‘lgan. Mahkum 19-noyabr kuni vafot etdi”, degan Daryo.uz manbasi.

Nashr muxbiri ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti matbuot xizmati bilan bog‘langan. Holatni o‘rganib keyinroq ma’lumot berishini aytgan matbuot xizmati mas’uli va’dasini bajarmagan.

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumning koloniyada vafot etishi birinchi marta kuzatilayotgan holat emas.

2022-yil 6-dekabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan 37-son manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum U. E. boshqa bir mahkum bilan janjal oqibatida vafot etgandi.

2022-yil 7-oktyabr kuni Navoiy shahri 5-mintaqaviy hududi 4-sonli koloniyada jazo o‘tayotgan mahkum o‘zini osib o‘ldirgandi.

XS
SM
MD
LG