Линклар

 
Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in ro‘y berdi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 04:52

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in ro‘y berdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Do‘stlik MFY hududidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida 10-mart kuni yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shoxobcha hududidagi ikkita 9 tonnali sig‘im yongan.

To‘rtta yong‘in qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga soat 22:04 da yetib borib, yarim soat ichida yong‘inni to‘liq o‘chirgani bildirilgan.

“Yong‘in oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi. Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda”, deyilgan FVV xabarnomasida.

Joriy yil 20-fevral kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan portlashda ham ikki kishi jarohatlangandi.

2024-yil 17-dekabr kuni Farg‘ona shahridagi propan gaz quyish shoxobchasida yuz bergan portlash esa insoniy talafotlarga olib kelgan edi.

XS
SM
MD
LG