Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:53

Qibrayda hosilga kirgan qulupnay haydab tashlandi. Dehqonlar norozi (VIDEO)


Qibrayda qulupnay dalalarining haydab tashlangani dehqonlar noroziligiga sabab bo‘ldi.
Qibrayda qulupnay dalalarining haydab tashlangani dehqonlar noroziligiga sabab bo‘ldi.

Toshkent viloyatining Qibray tumani Kengel qishlog‘ida Namangan, Farg‘ona viloyatlaridan kelib, 9 gektar maydonda parvarishlayotgan qulupnay dalalari tuman hokimining buyrug‘i bilan buzib tashlandi.

Dalaning qolgan qismidagi kartoshka va loviya ekinlari ham buzilishga tushgan.

Buning oqibatida bola-chaqasi bilan Toshkent viloyatiga mavsumiy dehqonchilikka kelgan o‘nlab oila oxirgi nonidan mahrum bo‘lmoqda.

Qibray tumani hokimi yordamchisi dehqonlar bu yerda noqonuniy ekin yetishtirayotganini aytdi.

Кибрайда қулпнай далалари бузиб ташланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00

Farg‘ona viloyatining Beshariq, Namangan viloyatining Chust tumanidan mavsumiy dehqonchilik qilish uchun kelgan fuqarolar Ozodlik bilan suhbatda tuman hokimligi rasmiylari Ichki ishlar xodimlarini boshlab kelib, kuch ishlatib zo‘ravonlik bilan ekinlarni buldozer bilan surib tashlashayotganliklarini aytishadi.

"O‘n kuncha muhlat bersa hosilni terib olgan bo‘lar edik. Misqollab yetishtirgan hosilni ustiga buldozer tortib buzib tashlashyapti. Bunga qancha mehnat sarf bo‘lgan, qancha xarajat bo‘lgan. Lekin hokimiyat shafqat qilmadi. O‘nta oila tirikchilik uchun kelib, shu yerda qulupnay yetishtirayotgandik. Fevral oyidan buyon tinim bilmay ishlaymiz. Mevaga kirgan paytda bular yakson qilib tashlashyapti. Qo‘shni dalalarni ham buzishdi, lekin ularga zararini qoplash uchun 25 million so‘mdan berdi, bizga bermadi. Pulini ham keragi yo‘q, hech bo‘lmasa ozgina muhlat bersa hosilni terib olishga, shunga ham ko‘nmadi. Bu yerda bola-chaqa, tirikchilik axir", - deydi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan namanganlik dehqon.

Bu dehqonning aytishicha, u yerni fermer bilan og‘zaki shartnoma qilib ishlagan:

"Masalan, men xotinim va bolalarim bilan uch oydan buyon shu yerda ishlayapmiz. 20 million so‘m xarajat qilganman. Qulupnay pishdi. Shu paytgacha 5-6 million so‘mlik qulupnay sota oldik, xolos. Bir hafta oldin buzamiz deb, suv ham bermay qo‘yishdi. Agar suvni ochib, bor-yo‘g‘i 10-15 kun vaqt berishsa, biz qolgan hosilimizni sotib olishga muvaffaq bo‘lardik. Eshitishimizcha, prezident kuyovlaridan biri bu yerda bog‘ qurarmish. Bog‘ axir yetimlarning ko‘z yoshi evaziga qurilmasligi kerakku. Prezident kuyovidan iltimos qilamiz, bollaringiz haqqi, bizning bolalarimiz haqqi ikki hafta muhlat bering. Hech bo‘lmasa xarajatimizni qoplab olaylik. Pishib turgan ekinni buzish uvolku axir!"

Кибрайда қулпнай далалари бузиб ташланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:09 0:00

Farg‘onalik fermerlardan biri, boshqa yerlar ham buzib tashlanganini aytdi:

- To‘rt gektar yerga ekilgan fasolni tekislab tashlashdi, dehqonlar qattiq qarshilik qildi. Buldozerni tagiga yotib olganlar bo‘ldi. Keyin melisalarni boshlab keldi, dehqonlarni bo‘limga olib ketdi. do‘q-po‘pisa qilishdi,- deydi fermer.

Uning aytishicha, endi hosilga kirgan bog‘lar ham buzib tashlanyapti.

Qibray tumani hokimligi rasmiylari dehqonlar ruxsatsiz ekinlar yetishtirayotgani, ekinzor o‘rnida sayyohlar uchun Eko Park barpo etilishini aytishmoqda.

O‘zini Qibray tumani hokimining yordamchisi deb tanishtirgan mulozim Ozodlik bilan suhbatda, fermerlarning ekin maydonlari buzib tashlanayotganini tasdiqladi.

"Noqonuniy ekilgan yerlar. Ruxsat berilmagan. U yerda sayyohlar uchun komplekslar quriladi. Eko Park bo‘ladi. Qurilish uchun har bir kun g‘animat", - dedi hokimlik mulozimi.

O‘zbekistonda mahalliy hokimlarning yerdan noqonuniy foydalanayotgani iddaosida dehqonlarning ko‘karib turgan poliz ekinlarini haydattirib tashlashi tez-tez kuzatiladi.

O‘tgan yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani prokurori va hokimi o‘tgan yilning avgust oyida sabzavotchilik hamda chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining pishay, deb qolgan makkajo‘xori, pomidor, bedasini traktor solib, payhon qildirgan edi.

XS
SM
MD
LG