Линклар

 
Qirg‘iz-tojik chegarasida ikki o‘tkazish punkti ochildi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:39

Qirg‘iz-tojik chegarasida ikki o‘tkazish punkti ochildi


Qirg‘izistonning Botken va Tojikistonning So‘g‘d viloyatlari o‘rtasida 13-mart kuni ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda onlayn rejmida Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Sadir Japarov va Emomali Rahmon ishtirok etganlar.

Ozodlikning qirg‘iz xizmati xabariga ko‘ra, tadbir oldidan ikki prezident Bishkekda uchrashuv o‘tkazishgan. Tojikiston prezidenti 12-mart kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga borgani haqida Ozodlik avvalroq xabar qilgan edi.

Payshanba kungi uchrashuv natijalariga ko‘ra Sadir Japarov va Emomali Rahmon ko‘p yillik bahs-munozaraga nuqta qo‘yib, chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolashgan.

Qirg‘iziston bilan Tojikiston chegarasidagi o‘tkazish punktlari 2021-yil mayida – qurolli mojaro ortidan yopib qo‘yilgandi.

Ikki mamlakat chegarasida jami beshta nazorat-o‘tkazish maskani mavjud bo‘lib ular “Qulundu//Ovchi-Qal’acha”, “Qizilbel//Guliston”, “Qayrag‘och//Madaniyat”, “Qaramiq” va “Bo‘rdo‘bo‘//Qizil-Art” NO‘Plaridir.

2024-yilning dekabr oyi boshida Qirg‘iziston bilan Tojikiston umumiy chegarani belgilash ishini butunlay yakunlagani ma’lum bo‘lgandi. Fevral oyi oxirida Bishkekda tomonlar bayonnoma imzolashib, faqat umumiy chegaralargagina emas, balki avtomobil yo‘llaridan foydalanish hamda suv va energetika obyektlaridan istifoda etishga daxldor shartnoma loyihalarini ham o‘zaro tasdiqlashgan edi. 27-fevral kuni Qirg‘iziston parlamenti ham chegara bo‘yicha shartnomani qo‘llab ovoz bergan.

XS
SM
MD
LG