Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Qirg‘iziston: Arslonbobda kasalxona va uylar suv ostida qoldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qirg‘iziston janubidagi Jalolobod viloyati Bozorqo‘rg‘on tumani Arslonbob qishlog‘ida 23-iyul kuni kuzatilgan sel oqibatida qator infratuzilma obyektlariga shikast yetgan. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot tarqatdi.

Vazirlik qaydicha, tabiiy ofat natijasida 9 uy, kasalxona, savdo uyi, beshta ko‘prik, qishloq ichidagi yo‘lning bir kilometri suv ostida qolgan. Toshqin 23 ta avtomobilni oqizib ketgan. Ayni paytda FVV avtomobil egalarini aniqlamoqda.

Vazirlik sel oqibatlarini bartaraf etish uchun 210 kishi hamda maxsus texnika jalb qilinganini ma’lum qilgan.

Qishloq aholisi orasida jabrlangan yoki bedarak ketganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Bozorqo‘rg‘on tumanidan tashqari 23-iyul kuni O‘sh viloyatining Novqat tumanida ham sel-toshqin hodisalari kuzatilgan. FVV sel Qoraqo‘y va Qalday qishloqlaridagi Murdachi yaylovi tomonidan kelganini ma’lum qilgan. Toshqin natijasida ikki o‘tov Telman - Qoraqo‘y yo‘lining 25 kilometrini suv bosgan, buning natijasida avtoyo‘l yopilib qolgan.

So‘nggi oylarda Qirg‘iziston janubida bir necha bor shiddatli jala va sel kelishi hodisalari kuzatildi, tabiiy ofatlar natijasida o‘nlab odam nobud bo‘ldi va ko‘plab uylar suv ostida qoldi.

Sel-toshqin hodisalarining so‘nggilaridan biri bundan o‘n kun muqaddam O‘sh shahrida kuzatilib, o‘shanda markaziy bozor hamda Oqbura daryosi qirg‘og‘idagi obyektlarni suv bosgan. Bundan tashqari, 14-iyuldagi toshqin besh kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG