Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:27

Qirg‘izistonda 13 yoshli qizni zo‘rlagan shaxs oqlanishi ortidan norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi (VIDEO)


Norozilik namoyishi qirchillama sovuqda bo‘lib o‘tdi.
Norozilik namoyishi qirchillama sovuqda bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘izistonda ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jazosiz qolayotgani aholi g‘azabiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatda yaqinda 13 yoshli qizchani qayta-qayta zo‘rlashda ayblangan shaxslar oqlandi.

12 - dekabr kuni poytaxt Bishkekda BMT ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi o‘tkazadigan an’anaviy 16 kunlik aksiya doirasida yurish bo‘lib o‘tdi.

Aksiya o‘tkazilishidan bir kun oldin qirg‘iz sudi Issiqko‘l viloyatida maktab o‘quvchisini zo‘rlashda gumon qilingan uch kishidan ikkitasini oqlagan edi.

Sud eshitishi jarayoni davomida bir necha bor uxlab qolgan sudya ayblanuvchilarning birini bor-yo‘g‘i 7 yarim yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Қирғизистонда суд 13 ёшли қизни зўрлаганликда айбланган икки кишини оқлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:40 0:00

Zo‘rlaganlarning biridan homilador bo‘lib qolgan maktab o‘quvchisi abort qilishga majbur bo‘ldi. Ayni damda u psixologik travma markazida qolmoqda.

Qizning oila a’zolari so‘zlariga ko‘ra, uch erkak uni olti oy davomida zo‘rlagan. Ular qizni videoga yozib olishgan va videoni sinfdoshlariga ko‘rsatishlarini aytib, uni qo‘rqitishgan.

Qizning otasi Ozodlik va Amerika ovozi radiolarining qo‘shma loyihasi bo‘lgan «Nastoyashchee vremya» telekanali bilan suhbatda:

«Men hech qachon qizimning hayoti shunday kechadi, uning kelajagi shunchaki oyoq osti qilinadi, deb o‘ylamagan edim», - dedi.

«Adolat yo‘q ekan, men qonunlarga ishonmayman. Qizim o‘lishni xohlayotganini aytmoqda», - dedi ota.

Qirg‘izistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik keng tarqalgan. Kloop mustaqil yangiliklar sayti mamlakatda ayollarning to‘rtdan bir qismi oiladagi zo‘ravonlikdan aziyat chekayotgani aytilgan tadqiqotni manba o‘laroq keltirdi. Boshqa bir tadqiqotga ko‘ra, Qirg‘izistonda ayollarning 83 foizi oilada kamida bir marta psixologik, jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikni boshdan kechirgan.

Boshqa so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, Qirg‘izistonda uch ayoldan bittasi er xotinini kaltaklashi uchun erning asosli sabablar bor, deb hisoblaydi. Ular ruxsatisiz uydan chiqib ketish, ovqatni kuydirib yuborish, jinsiy aloqadan bosh tortish yoki uy ishlarini qilmaslik bunday sabablarga misol bo‘la olishiga ishonadilar.

So‘nggi yillarda Qirg‘iziston oiladagi zo‘ravonlik oldini olish uchun qog‘ozda ayrim choralarni ko‘rdi. Xususan, mamlakatda oilaviy zo‘ravonlik to‘g‘risida qat’iyroq qonun qabul qilindi. Ammo Human Rights Watch tashkiloti mamlakatda oiladagi zo‘ravonlik jinoyat emas, noo‘rin xatti-harakat o‘laroq ko‘rilishini va ko‘p holatlarda zo‘ravonlikka qo‘l urganlar yengil jazolanishi yoki umuman jazolanmasligini aytib keladi.

Amerika advokatlar assotsiatsiyasi 10 - dekabr kuni e’lon qilgan hisobotda Qirg‘iziston qonunchilik tizimi ayollarni himoya qila olmayotgani, aksincha, ular odil sudlovga erishishlariga to‘sqinlik qilayotgani aytiladi.

«Qirg‘izistondagi gender zo‘ravonligidan omon qolgan ayollar adolat o‘rnatilishiga erishish yo‘lida to‘siqlarga duch kelmoqdalar va ko‘p holatlarda adolatdan butunlay mahrum etilmoqdalar», - deyiladi hisobotda.

XS
SM
MD
LG